Giyohvandlik – narkotik moddalarga o‘rganib qolish, aniqrog‘i, tabiiy yoki zaharli sintetik moddalarni (ayrim dori moddalari) vaqtincha yoki surunkasiga iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik tanada va ruhiyatda jiddiy o‘zgarish yuz berishiga sabab bo‘ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Bu esa o‘z navbatida, nafaqat giyohvandga, balki butun jamiyatga ko‘plab zarar yetkazadi.
Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, o‘zini tiya olmaydigan, o‘tkir sezgilarni o‘zida sinab ko‘rishga qiziquvchan, ruhan zaif va o‘ta xudbin kishilar beriluvchan bo‘ladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taqlid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikbozlik yoki giyohvand bo‘lishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qo‘l ostida bo‘lishi ham giyohvandlikka sabab bo‘ladi.
Giyohvandlikning jamiyatga zararlari behad ko‘pdir. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga, so‘ng oilasi, kasbi yoki o‘qishiga nisbatan qiziqish qolmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqarish va taraqqiyotning asosiy kuchi bo‘lmish yosh avlodning giyohvandlikning birinchi navbatdagi qupboni bo‘lishi juda ham achinarli holdir.
Bu og‘uning salbiy oqibatlari faqat shaxs yoki jamiyatga emas, balki borib-borib butun mamlakatning taraqqiyotiga pytyp yetkazishi, siyosiy tuzum va qonunchilikning izdan chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Giyohvandlik inson jismini qanchalik xarob qilsa, shaxs va jamiyatning mol-mulkiga va boyligiga ham xuddi shunday yetkazadi. U tinch-totuv oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, qashshoqlik, myhtojlikda yashashga majbur etadi, oxir-oqibat, bunday kasallik, o‘lim yoki qamoqxona bilan yakunlanadi.
Tarix saboqlaridan ma’lumki, mustamlakachi davlatlar qaysi bir kichik mamlakat xalqini o‘ziga bo‘ysundirishni xohlaca, faqat aclaha vositasi bilan emas, balki o‘sha xalqning, ayniqsa, yoshlarning aql-idrokini, iroda va hamiyatini susaytiradigan, ma’naviy va axloqiy tushkunlikka tushiradigan vositalarni qo‘llagan. Shunday vositalarning ichida eng kuchlisi – giyohvand moddalardir. Zero, mamlakatda ro‘y bergan ijtimoiy tushkunlik borib-borib iqtisodiy tushkunlikka olib keladi. Moddiy ehtiyoj esa, xorijiy davlatlarga qapam bo‘lishni taqozo etadi. Xorijdan keladigan moddiy, insonparvarlik yordamlari doim ham beg‘araz bo‘lavermaydi.
Mamlakat suvereniteti uchun yana bir xatar shundaki, giyohvandlikka ruju qo‘ygan kimsalar bu "qimmatbaho" matohni muntazam xarid qilib turish uchun doimo pulga muhtoj bo‘ladi. Buning uchun ular nafaqat vatanini, balki iymonini ham arzon-garov sotib yuborishga tayyor bo‘ladi. Ularning bu xususiyatlarini yaxshi biladigan ba’zi xizmatlar ulardan josus sifatida foydalanadi. Bu esa har qanday davlat uchun katta falokatdir.
Giyohvandlikning yoshlar o‘rtasida tarqalishi katta yoshdagilar o‘rtasida tarqalishidan-da xatarli. Yoshlardan birining giyohvandlikka berilishi bevosita u mansub bo‘lgan oilaga juda katta zararlar keltiradi, buni asosan quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Alloh taolo insonga behisob ne’matlar bergan, banda o‘ziga berilgan ne’matlarni dunyo va oxirat hayoti uchun foydali bo‘lgan yo‘lda ishlatmog‘i lozim. U zot Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratingni istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil! Yerda buzg‘unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg‘unchilarni suymas” (Qasas surasi, 77-oyat) yoki boshqa joyda: “Shuningdek yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmanglar! Zero, u isrof qilguvchilarni sevmaydi”, deyilgan (A’rof surasi, 31-oyat)
Giyohvandlikka qarshi kurashish barchamizning oldimizda turgan bosh vazifadan biridir:
giyohvandlik bilan shug‘ullangan barcha tashkilot va uyushmalar kuchi birlashtirilsa;
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni ish bilan ta’minlash muammosi hal etilsa,
ommaviy axborot vositalarida «pivo yoki tamakining eng zo‘r navi»ni reklama qilish o‘rniga giyohvandlikning oqibati va zararlari haqida faqat xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kunida emas, har kuni axborot-targ‘ibot ishlari olib borilsa;
maktab va mahallalar hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa;
shifokorlar, uchastka inspektorlari, din peshvolari, ruhiyatshunoslar yanada jipslashib harakat qilsa, bu illatga qarshi kurashish bundan-da samarali bo‘ladi, inshoalloh.
Abdumo‘min ABDULAZIZOV,
Imom Faxriddin Ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati