Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447

Toshkent shahridagi 54 ta masjidda mavlid o‘qiladi

01.12.2017   6024   8 min.
Toshkent shahridagi 54 ta masjidda mavlid o‘qiladi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan.

Toshkent shahridagi masjidlarda Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalom tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” va o‘zbek tilidagi salovoti shariflar o‘qilishi rejalashtirilgan.

Bugun, 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan Mavlidi sharif o‘qiladi: 

Uchtepa tumani 

  • “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi. (Katta Qa’ni mavzesi, Lutfiy ko‘chasi 55a uy. Tel.:+998 71 272 91 04)
  • “Abu Hanifa” jome masjidi. (Manzil: Zarafshon ko‘chasi,15-uy. Tel.:+998 71 274 66 61)
  • “Abu Hurayra” jome masjidi. (Manzil: Qoryog‘di (Sodiq Mirzayev) ko‘chasi 2a uy. Tel.:+998 71 228 54 29)
  • “Beshqayrag‘och” jome masjidi. (Manzil: Mannon Uyg‘ur ko‘chasi 555-uy. Tel.:+998 71 247 01 62)
  • “Burhoniddin Marg‘iloniy” jome masjidi. (Manzil: Ukkosha ko‘cha (Yormuxammedov) 1 tor 35 uy. Tel.:+998 71 241 01 62)
  • “Ko‘kcha oqtepa” jome masjidi. (Manzil: Shula ko‘chasi,12-uy. Tel.:+998 71 271 44 98)
  • “Mahkamboy hoji ota” jome masjidi. (Manzil: Oqshom ko‘cha, 25A-uy. Tel.:+998 71 247 17 40)
  • “Said Vaqqos ota” jome masjidi. (Manzil: M.Uyg‘ur ko‘chasi, 591-uy. 147, 53, 114, avtobuslarning “Nazarbek” bekati. Tel.:+998 71 247 50 02)
  • “Hazrati Ali” jome masjidi. (Manzil: Nazarbek ko‘chasi, 32-uy. 79, 20, 114, 87 avtobuslarning “Chevar” bekati. Tel.:+998 71 274 71 11)
  • “Hazrati Umar” jome masjidi. (Manzil: M.Uyg‘ur ko‘cha, 556a-uy. Mo‘ljal:”Charog‘on” restorani qarshisida. Tel.:+998 71 228 50 36) 

Yunusobod tumani 

  • “Minor” jome masjidi. (Manzil: Minor mahallasi Minor berk ko‘chasi 1-uy. Tel. :+998 71 235 17 33. minor.uz)
  • “Kulol qo‘rg‘on” jome masjidi. (Manzil: Turon dexqon 6 uy. Tel. :+998 71 225 76 86)
  • “Muhammad Nosir hoji” jome masjidi. (Manzil: Mirzoxojiyev ko‘chasi, 19 uy. Tel. :+998 71 212 44 20.)
  • “Umar ibn Xattob” jome masjidi. (Manzil: A.Jomiy maxallasi, Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi 14 uy. Tel. :+998 71 226 77 15.)
  • “Hasanboy” jome masjidi. (Manzil:Orif Soipov ko‘chasi 10 uy. Tel. :+998 71 224 70 89)
  • “Yunusobod” jome masjidi. (Manzil:Rafikov ko‘chasi 22 uy. Tel. :+998 71 212 08 91)
  • “Yunusobod oqtepa” jome masjidi. (Manzil: Chinobod ko‘chasi 127-uy. Tel. :+998 71 222 27 82) 

Olmazor tumani 

  • “Imom Buxoriy” jome masjidi. (2-Chimboy ko‘cha, 1-uy. Telefon: +998 71 249 18 69)
  • “Iskandarxo‘ja” jome masjidi. (Usta Olim ko‘chasi 46a-uy. Telefon: +998 71 240 67 28.)
  • “Mirza G‘olib” jome masjidi. (Mirza G‘olib 3-tor ko‘chasi 36-uy.)
  • “Siroj solih” jome masjidi. («Umid» mahallasi, Yunusova ko‘chasi 21a-uy. Telefon: +998 71 228 86 41.)
  • “To‘lqin Akrom o‘g‘li” jome masjidi. (Chig‘atoy Oqtepa mahallasi, Forobiy ko‘cha 418-uy. “Farovon” tuyxonasi ro‘parasida. Telefon: +998 71 246 06 86.)
  • “Chimir ota” jome masjidi. (Farobiy ko‘chasi, 455-uy. Shifokorlar shaharchasi.

Telefon: +998 71 214 55 14.) 

Mirzo Ulug‘bek tumani 

  • “Avayxon” jome masjidi. (Qorasuvbo‘yi ko‘chasi 87a uy. +998 71 265 66 26)
  • “Oltintepa” jome masjidi. (Qurbonov ko‘chasi 111 uy. +998 71 266 60 96)
  • “Tepamasjid” jome masjidi. (F.Xo‘jayev mahallasi, Tepamasjid ko‘chasi 2a-uy. +998 71 262 01 64) 

Mirobod tumani 

  • “Al Badr” jome masjidi. (Sariko‘l mahallasi, Fidoiylar ko‘chasi 26-uy. +998 71 299 50 38)
  • “Qo‘yliq ota” jome masjidi. (Qo‘yliq ota mahallasi, Istiqbol 4-tor ko‘chasi, 2-uy. +998 71 295 86 83.) 

Bektemir tumani 

  • “Alibek” jome masjidi. (Husayn Boyqaro ko‘chasi 1-uy. +998 91 165 40 56)
  • “Qorasoqol ota” jome masjidi. (Binokor mahallasi Sholikor ko‘chasi 1 uy.) 

Shayxontohur tumani 

  • “Zangi ota” jome masjidi. (Samarqand darvoza ko‘chasi 122–uy. +998 71 227 05 69)
  • “Imom Hasan” jome masjidi. (Ibn Sino 2-mavzesi, “Shodlik” mahallasi, 2a-uy. +998 71 218 63 57)
  • “Munavvar qori” jome masjidi. (Ilg‘or mahallasi, Aloqa ko‘chasi 30-uy. +998 71 242 01 32)
  • “Oq tunukali” jome masjidi. (Huvaydo mahallasi, Zafarobod ko‘chasi 43-uy.)
  • “Olmazor” jome masjidi. (Olmazor mahallasi, Olmazor ko‘chasi 43-uy. +998 71 244 10 34.)
  • “Firdavs” jome masjidi. (Bog‘ko‘cha mahallasi 21a-uy.+998 71 242 25 08)
  • “Fotimai Zahro” jome masjidi. (Cho‘pon ota mahallasi, Shokir Alimov ko‘chasi 47-uy. +998 71 273 59 33)
  • “Yahyo qori” jome masjidi. (Shomahmudov ko‘chasi 50-uy.) 

Sirg‘ali tumani 

  • “Qo‘shqo‘rg‘on” jome masjidi. (Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi U.Mahmudov ko‘chasi 1uy. +998 71 292 55 04)
  • “Ma’ruf ota” jome masjidi. (Choshtepa 3-tor ko‘chasi, 3-a uy. +998 71 287 60 65) 

Chilonzor tumani 

  • “Bo‘ta buva” jome masjidi. («Beshqo‘rg‘on» mahallasi, Beshqo‘rg‘on ko‘chasi 2a-uy. +998 71 287 99 17.)
  • “Do‘mbirobod” jome masjidi. (Do‘mbiraobod mahallasi, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasi 23-uy. Tel: +998 71 279 09 90)
  • “Katta qozirobod” jome masjidi. (Katta Qozirobod mahallasi, Chilonzor ko‘chasi, 82a-uy. +998 71 277 56 85)
  • “Tinchlik” jome masjidi. (”Tinchlik” mahallasi, I.Usmonov ko‘chasi 17-uy. Tel: +998 71 271 32 68)
  • “Choshtepa” jome masjidi. (Chilonzor tumani, Chorbog‘ 2 tor ko‘chasi, 5-uy.) 

Yakkasaroy tumani 

  • “Rakat” jome masjidi. (A.Avloniy ko‘chasi, 20-uy. Tel.: +998 71 254 47 69)
  • “Usmon ibn Maz’un” jome masjidi. (“Qushbegi” mahallasi kichik xalqa yo‘li, X.Umarov ko‘chasi №41 uy. Tel.: +998 71 250 27 39.)
  • “Yakkasaroy” jome masjidi. (Yakkasaroy ko‘chasi 5-uy. +998 71 250 54 09)
  • “Rahimjon hoji ota” jome masjidi. (Akademik Sirojiddinov ko‘chasi, 48 uy. +998 71 253 45 60.) 

Yashnobod tumani 

  • “Islom ota” jome masjidi. (Jo‘rabek mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 51 uy. Telefon: +998 71 299 58 82. islomota.uz)
  • “Ali ibn Abu Tolib” jome masjidi. (G‘alabaning 40 – yilligi Tuzel mahalla birinchi mavze, Cho‘lpon ko‘chasi 1-uy. Telefon: +998 71 294 43 99.)
  • “Go‘zal” jome masjidi. (Yashnobod tumani Sokin ko‘cha 50 -uy. Tel: 297-99-27)
  • “Pulemas ota” jome masjidi. (Alimkent, 5-tor ko‘chasi, 59A-uy. Telefon: +998 71 296 16 36)
  • “Xolid ibn Valid” (sobiq “Yangiobod”) jome masjidi. (K.Xudoyberdiyev mahallasi Chilon ota ko‘chasi 17-uy. Tel: 298-24-14) 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madh etilgan, salovot aytilgan davralarga nur yog‘iladi, qalblar Ul muborak zotning ismlari, muborak siyratlari bilan hushbo‘y mushk taratadi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Dinni qiruvchi amal

01.08.2025   2641   1 min.
Dinni qiruvchi amal

حدثنا العباس الدوري نا عبيد الله أنا شيبان عن يحيى بن أبي كثير حدثني يعيش بن الوليد بن هشام قال :حدثت عن الزبير بن العوام أنه حدث أن رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم قال: دب إليكم داء الأمم قبلكم الحسد والبغضاء هي الحالقة أما إني لا أقول: تحلق الشعر ولكن تحلق الدين ثم قال: والذي نفس محمد بيده لن تدخلوا الجنة حتى تؤمنوا ولا تؤمنوا حتى تحابوا ثم قال :ألا أنبئكم بأمر إذا فعلتم تحاببتم. قالوا: ما هو يا نبي الله قال : أفشوا السلام بينكم.

 

Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Sizlardan ilgarigi ummatlar kasali – hasad va yomon ko‘rish orangizga o‘rmalab kirdi. Hasad va yomon ko‘rish qiruvchidir. Men sochni qirish haqida emas, dinni qirish haqida aytayapman”, dedilar.

So‘ngra yana: “Muhammadning joni “qo‘li”da bo‘lgan Zotga qasamki, mo‘min bo‘lmaguningizcha jannatga kirmassiz. Bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguningizcha mo‘min bo‘lmassiz. Bir-biringizni yaxshi ko‘rsatadigan bir amalga dalolat qilaymi?” dedilar.

Odamlar: “Yo Allohning Nabiyi, u qaysi amal?” dedi.

“Orangizda salomni keng yoying”, dedilar”

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi