Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan.
Toshkent shahridagi masjidlarda Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalom tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” va o‘zbek tilidagi salovoti shariflar o‘qilishi rejalashtirilgan.
Bugun, 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan Mavlidi sharif o‘qiladi:
Uchtepa tumani
Yunusobod tumani
Olmazor tumani
Telefon: +998 71 214 55 14.)
Mirzo Ulug‘bek tumani
Mirobod tumani
Bektemir tumani
Shayxontohur tumani
Sirg‘ali tumani
Chilonzor tumani
Yakkasaroy tumani
Yashnobod tumani
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madh etilgan, salovot aytilgan davralarga nur yog‘iladi, qalblar Ul muborak zotning ismlari, muborak siyratlari bilan hushbo‘y mushk taratadi.
Shu yil 31 iyul kuni Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan diniy soha xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, bir qator tashkilotlar vakillari va tanlov ishtirokchilari qatnashdi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov tanlov ishtirokchilarini samimiy tabriklab, bu kabi tadbirlar diniy soha vakillarining bilim va malakasini oshirish bilan birga, ular o‘rtasidagi hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Musobaqada “Ibn Sino”, “Boboyi Samosi”, “Abu Bakr Kalabodiy”, “Abduxoliq G‘ijdivoniy”, “Poykandiy”, “Renessans”, “Poyi Kalon”, “Chor Bakr”, “Mohitabon”, “Sayyid Amr Kulol”, “Xoja Romitaniy”, “Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy”, “Naqshband”, “Abu Hafs Kabir”, “Mir Arab” va “Mahmud Tarobiy” jamoalari ishtirok etdi.
Bellashuvda jamoalarga diniy-ma’rifiy, tarixiy va umumiy bilimlarga oid savollar berildi. Qizg‘in va bahsli muhitda o‘tgan tanlovda ishtirokchilar o‘z bilim saviyasi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamkorlik qobiliyatini namoyon etdi.
Yakunda Buxoro viloyati hokimining kubogi “Poykandiy” jamoasiga topshirildi. Sovrinni viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov tantanali ravishda taqdim etdi. Shuningdek, boshqa jamoalar ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati