O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugun, 1 dekabr kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi Imom Buxoriy jome masjidida bo‘lib o‘tadigan mavlid tadbirida ishtirok etadilar. Undan so‘ng namozxonlar bilan birgalikda juma namozini ado etadilar.
Marosim O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘cha, 1-uy.
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".