Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Ramazon oyida Masjidul Haromni 22 million kishi ziyorat qildi

20.04.2023   1521   1 min.
Ramazon oyida Masjidul Haromni 22 million kishi ziyorat qildi

 

Muborak Ramazon oyining dastlabki 20 kunida Makkadagi Masjidul Haromga 22 milliondan ortiq ziyoratchilar tashrif buyurdi, deb yozadi Islam News  Al Arabiya telekanaliga tayanib.

Ikki Muqaddas Masjidlar Bosh boshqarmasi boshlig'i Shayx Abdurrahmon as-Sudaysning so'zlariga ko'ra, bunday keng ko'lamli ziyoratchilar oqimini kutib olish va kuzatish mutaxassislar tomonidan oldindan ko'rilgan yuqori tayyorgarlik tufayli amalga oshirildi.

Tezkor reja doirasida 4000 nafar ishchi Masjidul Haromni kuniga 10 marta tozalash ishlarini olib bordi. Yana 70 nafar ishchi guruhi masjid hududini kechayu kunduz antiseptik moddalar bilan dezinfektsiya qildi. Masjid atrofida va uning radiusida 8000 ga yaqin transport vositalari, jumladan 3000 ta elektr transport vositalari harakatlandi, 90 nafar muhandis-texnik xodimlar binoning 200 ta eskalatori va 14 ta liftining holatini yaxshilash bo'yicha ish olib bordi.

 

O'MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi

22.07.2025   14897   2 min.
Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi

Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan doimiy muloqotni qo‘llab-quvvatlab turish, ularning haq-huquqlarini himoyalash, huquqiy ongini oshirish, ma’rifatini ziyoda qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasining Tatariston va Boshqirdistonga xizmat safari uyushtirildi.
 

Prezident Administratsiyasining topshirig‘i ijrosiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O. Abdullayev boshchiligida yurtimizning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi B.Asadov, Bosh konsuli M.Xayriddinov va bir qator tegishli tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan delegatsiya tarkibida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Ibrohimjon Inomov ham ishtirok etdi.


Vatandoshlarimiz bilan “Ota-onani rozi qilish – farzandlik burchi”, “Halol kasb – baraka kaliti”, “Milliy va diniy qadriyatlarimiz”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Aqidada adashmaylik!”, “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi”, “Islomda bag‘rikenglik”, “Islomda vatanparvarlik tushunchasi” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Har qanday diniy mavzudagi ma’lumotlar borasida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tegishli rasmiy internet tarmoqlardan foydalanish tavsiya etildi. Turli diniy oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi – ham shariat ko‘rsatmasi, ham zamon talabi ekani ta’kidlandi.


Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasi raisi, muftiy Talgat Safa Tadjuddin hazrat delegatsiya a’zolarini qabul qilib, O‘zbekiston xalqiga mehri o‘zgacha ekanini bildirdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining salomi esdalik hadyalari taqdim etildi. Muftiy Talgat Safa Tadjuddin hazrat mehmonlarni Diniy idora va uning qoshidagi Rossiya islom universiteti bilan tanishtirib chiqdi.


Xizmat safari davomida vatandoshlarimiz bilan bo‘lgan suhbatlarda bugun mamlakatimizda qilinayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalinib, yurt tinchligi, xalq farovonligi va salomatligi, dinimiz ravnaqi yo‘lidagi islohotlar, yangiliklar haqida ham aytib o‘tildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi Tatariston va Boshqirdistondagi vatandoshlar holidan xabar olindi