Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Alloh mehribon, mehrlilarni yaxshi ko‘radi

27.11.2017   4331   6 min.
Alloh mehribon, mehrlilarni yaxshi ko‘radi

Musulmon kishining boshqa din vakillari bilan bo‘ladigan munosabati ham o‘z dini ta’limoti asosida bo‘ladi. Bu munosabatlar oyat va hadislarda o‘z ifodasini topgan.

Islom samoviy dinlarning barchasini Alloxdan, deb e’lon qildi. Jumladan, Alloh taolo Shuaro surasida:

«U zot sizga dindan Nuhga tavsiya qilgan narsani va Senga
(ey Muhammad) vahiy qilgan narsani, Ibrohimga, Muso va Isoga tavsiya qilgan narsamizni shariat qilib: «Dinni barpo qilinglar va unda tafriqaga tushmanglar, dedik», degan (13-oyat).

Demak, Nuh, Ibrohim, Muso va Iyso alayhissalomlarga din yuborgan Alloh taolo Muhammad alayhissalomga ham din yuborgan. Ularni Nabiy qilish uchun tanlab olgan. Shu bilan birga, Alloh tomonidan yuborilgan mazkur nabiylarga bir xil farmon ham bo‘lgan. U farmon, «Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar», degan amri ilohiydir.

Ushbu amr musulmonlarning zimmasiga quyidagi vazifalarni eklaydi.

  1. Musulmon kishi Alloh taolo yuborgan nabiylarning barchasiga, ularga nozil qilingan kitob va sahifalarga birdek iymon keltirmog‘i, ulardan birortasini farqlab chetga chiqarib qo‘ymasligi lozim.

Alloh taolo bu hakda musulmonlarga shunday deb buyurgan:

«Aytinglar: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya’qubga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va nabiylarga Rabbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini farqlamaymiz va biz Unga musulmonlarmiz» (Baqara surasi, 136-oyat).

Ushbu oyati karimaga binoan, har bir musulmon odam Alloh taolo yuborgan nabiylardan birortasiga iymon keltirmasligi yoki ularni behurmat qilishi mumkin emas.  

Yahudiylar Tavrotni ibroniycha tilovat qilib tafsirini arabcha qilishardi. Bu xabar Payg‘ambarimizga yetganda, aytdilarki: “Ularni tasdiqlamaymiz, yolg‘onga ham chiqarmaymiz, balki “Alloh nozil qilgan narsaga iymon keltirdik”, deymiz”.

  1. Musulmon erkak boshqa dindagi ayol bilan turmush qurishi
    va ular so‘ygan halol hayvonlar go‘shtini yeyishi mumkin.

Bu hakda Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

«Bugungi kunda sizga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa mo‘minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lmish afiyfalar ham (haloldir)» (Moida surasi, 5-oyat).

  1. Musulmon shaxs boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarga yomonlik qilmasligi, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lishi, yaxshi qo‘shnichilik qilishi, ziyofatga chaqirishi, oilaviy aloqalar o‘rnatishi mumkin.

Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi:

Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko‘radir» (Mumtahana surasi, 8-oyat).

Ushbu hukm Islom dinining naqadar insonparvar va bag‘ri keng din ekanining yorqin dalilidir. Bu din boshqa dindagilarga yaxshilik va adolat qilishdan hech kimni man’ qilmaydi.

Umar roziyallohu anhu elchilardan zimmiylarning holidan so‘rar edilar. Ular: “Ahdlarimizga vafo qilyapmiz” derdilar. Shunda Umar ularni zimmiylarga yaxshilik qilish  ahdiga vafo qilish va ularni himoya qilishga buyurardi.

Musulmonlar zimmiylarning qonlari va nafslarining himoyalangani va ularni o‘ldirish haromligiga ittifoq qilishgan.

  1. Musulmon kishi boshqa din vakilarining ibodatxonalarini hurmat qiladi, ularning diniy-aqidaviy masalalariga aralashmaydi, ularga nohaq jabr qilmaydi, oralarini yaqinlashtiradi.

Qosim ibn Muxayrama Nabiy sollallohu alayhi vasallamning as'hoblarining biridan rivoyat qiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Kim ahli zimmadan bir kishini o‘ldirsa, jannatning hidini ham hidlamaydi. Albatta, uning hidi yetmish yillik masofadan kelib turadi», dedilar».

Nasaiy rivoyat qilgan.  Imom Buxoriyning rivoyatida esa:

Ya’ni: “Qirq yillik masofadan jannat hidi keladi”,  deganlar

Boshqa bir hadisda:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarining bir necha o‘g‘illaridan, ular otalaridan rivoyat qiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Kim bir ahdlashgan (g‘ayridin) kishiga zulm qilsa yoki uning haqqini poymol etsa yoxud uni toqati yetmaydigan narsaga majbur qilsa yoki undan o‘z roziligisiz bir narsa olsa, qiyomat kuni men o‘sha odamning xusumatchisi bo‘laman», dedilar» (Abu Dovud rivoyat qilgan).

Nabiy alayhissalom Madinaga hijrat qilganlarida u yerdagi yahudiylar bilan ahdnoma tuzib, tinch-totuv hayot kechirish va jamiyat manfaati uchun hamkorlik qilish asoslarini belgilab, unga amal qilib yashadilar.

  1. Musulmon odam boshqa din vakillari bilan yaxshi aloqada bo‘ladi, ularga hadya berib, ulardan hadya olishi mumkin.

Muhammad alayhissalom boshqa din vakillari bilan yaxshi aloqada bo‘lar, ularga go‘zal muomala qilar edilar. Jumladan, ularga hadyalar berib, ular qilgan hadyalarni olar edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa din vakillari hadya qilgan kiyimlarni kiyganlari ma’lum va mashhur.

Sa’d ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: «Muqavqis Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hadya yubordi. Bas, u zot uni qabul qildilar» (Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan).

Imom Saraxsiy «Mabsut»da quyidagi rivoyatni keltirgan:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Muqavqis hadya qilgan choponlari bor edi. Ul zot uni hayit va juma kunlari hamda huzurlariga elchilar kelganida kiyar edilar».

Rasululoh sollallohu alayhi vasallam Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni o‘z masjidlariga tushirganlar va: «Ular bizning do‘stlarimizni hurmat qilgan edilar. Men ularni o‘zim ikrom qilishni xush ko‘raman», deb shaxsan o‘zlari ularga xizmat qilganlar.

Shuningdek, u zot sollallohu alayhi vasallam Najron nasorolari guruhini ham o‘z masjidlariga tushirganlar va u yerda ibodatlarini qilishlariga ruxsat berganlar.

O‘zbekiston dunyo bo‘ylab bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik tarafdori. Bu esa yurtimizdagi tinchlik, taraqqiyot va farovonlikning muhim omilidir.

Davlatimiz rahbari e’tirof etganidek: “O‘zbekistonning boyliklari juda ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir”.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yurtimizda millatlararo va davlatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarning paydo bo‘layotgani do‘stlik hamjihatlik qo‘rg‘onining yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.   

VAHOBIDDIN BOZOROV,

Mir Arab oliy madrasasi talabasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   14756   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi