Bugun, 23 noyabr kuni Myanma va Bangladesh hukumatlari o‘rtasida rohinja musulmonlarini Myanmadagi o‘z uylariga qaytirilishi to‘g‘risida kelishuvi imzolandi.
Avgust oyida Myanma hukumat qo‘shinlarining bosimi ostida Rakxayn shtatini tashlab chiqib, Bangladeshdan boshpana topishga uringan rohinjalar bugun imzolangan kelishuvga asosan vatanlariga qaytadilar.
Ma’lumot uchun, hozirgi paytda Bangladesh hududida 600 mingdan ortiq rohinjlara qochoqlikda kun kechirmoqda. Ularga moddiy ko‘mak xalqaro gumanitar tashkilotlar va bir qancha musulmon davlatlar tomonidan ko‘rsatilmoqda.
Myanmadagi etnik ozchilikni tashkil etuvchi rohinjalarga qarshi qaratilgan harakatlar qator mamlakatlar tomonidan genotsid sifatida baholanmoqda.
O‘zbekiston hukumati Myanmadagi holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirgan holda, 18 sentyabr kuni zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining Dakkadagi milliy bosh qarorgohiga yetkazib berish bo‘yicha amaliy ishlarni bajargan edi.
O‘zbekiston Respublikasi yetkazib bergan insonparvarlik yordami Bangladeshda bo‘lib turgan 50 mingdan ortiq qochoqlar ehtiyojini qondirishga yetarli bo‘lgan.
Saidjamol domla MASAYITOV – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, Faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati