Kecha, 22 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Ushbu tumandagi “Tolli ota” jome masjidiga Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan masjid ustavining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma taqdim etildi. Albatta, bu “Tolli” mahallasida istiqomat qiluvchi namozxonlar uchun juda katta tuhfa bo‘ldi, hozirda ularning quvonchi cheksiz.
Ushbu masjidning ochilish marosimi bilan bog‘liq jarayonlar haqida saytimizda batafsil ma’lumot beramiz. Bizni kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".