Bugun, 21 noyabr kuni Indoneziyada Xalqaro islomiy ta’lim ko‘rgazmasi Indoneziya ko‘rgazmalar markazida boshlangani xabar qilindi. Ushbu ko‘rgazma 24 noyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro ko‘rgazma Indoneziyaning Din ishlari bo‘yicha vazirligi tomonidan tao‘kil etilgan bo‘lib, 200 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ushbu ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad esa islomiy ta’limni olish uchun eng maqbul joy bu Indoneziya ekanini ko‘rsatish ekani aytib o‘tildi. Bundan tashqari, Indoneziyani Islom sivilizatsiyasi markazi va Islomiy ta’lim markaziga aylanatrish vazirlikning oliy maqsadidir.
Bugungi kunda Indoneziyadagi Malang Islom Universitetida Islom fakultetida 29 mamlakatdan kelgan 400 dan ortiq talabalar ta’lim oladilar.
Ma’lumot uchun, Indoneziya jahondagi islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi mamlakat hisoblanadi. 260 million aholining qariyb 88 foizi islom diniga e’tiqod qiladi. Indoneziyada islomiy ta’lim beruvchi muassasalar soni 100 mingdan ortiq, shundan 75 minggi madrasa, 28 minggi pizantri, 600 tasi oliy ta’lim muassasalaridir.
1. Diniy sohani tanlashingizga nimalar va kimlar turtki bergan?
– Diniy sohani tanlashimga padari buzrukvorim sababchi bo‘lgan. U kishi bizga yoshligimizdan qisqa suralarni yodlattirgan. Tumanimizdagi jome masjidlar imomlariga shogird tushdim. Maktabni tugatgach, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga o‘qishga kirdim.
2. Bugungi imom qanday bo‘lishi kerak?
– Bugungi imom ilmli, odobli, muomalada, yurish-turishda barchaga ibrat va namuna bo‘lishi zarur. O‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Shu bilan birga, yurtimizda diniy-ma’rifiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor va bu xayrli ishlarni xalqqa yetkaza oladigan bo‘lishi zarur.
3. Imom-xatib odamlar orasida xuddi yuzdagi xoldek bo‘lishi kerak. Shunday emasmi?
– Bugun xalqimiz ma’rifatini yuksaltirish, bid’at-xurofotlarga murosasiz bo‘lishda imomning o‘rni alohida. Imomning so‘zi va amali uyg‘un, ya’ni aytganiga o‘zi amal qiladigan bo‘lishi kerak. Shundagina u odamlar orasida xuddi yuzdagi xoldek bo‘ladi.
4. Bugun jamiyatimizda sizni qaysi jihatlar quvontiradi va tashvishga soladi?
– Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar barcha qatori meni ham quvontiradi. Ayniqsa, Qur’on va tajvidni o‘rgatish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani tahsinga sazovor.
Ayrim yoshlarning bilib-bilmay aqidasi buzuq turli g‘alamislar tuzog‘iga tushib qolayotgani dilni xufton qiladi.
5. Eng ko‘p o‘qiydigan kitoblaringiz? Diniy manbalardan tashqari qanday mavzulardagi kitoblarni mutolaa qilasiz?
– Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Tafsiri Hilol”, “Hadis va hayot”, “Ruhiy tarbiya” asarlarini qo‘ldan qo‘ymay mutolaa qilaman. Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Turkiston qayg‘usi” kitobi, jadidchi bobolarimizning asarlari meni maftun etgan.
6. Tanlagan kasbingizdan ko‘nglingiz to‘lmagan paytlar ham bo‘lganmi?
– Kasbim – faxrim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning meroslarini imkon qadar xalqqa yetkazayotganimdan behad baxtiyorman, alhamdulillah.
Ma’lumot o‘rnida, Shokirxon Imomiddinov 1979 yilda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. 1997–2001 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ta’lim olgan. 2001 yildan beri Quyi Chirchiq tumani “Olmazor” jome masjidida imom-xatib hamda 2019 yildan buyon mazkur tuman bosh imomi bo‘lib ishlab kelmoqda.
"Hidoyat" jurnalining 8-sonidan olingan