Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Dekabr, 2024   |   29 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:25
Bismillah
29 Dekabr, 2024, 29 Jumadul soni, 1446

Shveysariyada islom dini rasmiy din sifatida qabul qilinishi foydali ekani ta’kidlandi

21.11.2017   8687   1 min.
Shveysariyada islom dini rasmiy din sifatida qabul qilinishi foydali ekani ta’kidlandi

Shveysariya Konfederatsiyasida Islom dinini rasmiy din sifatida tan olish haqida taklif qilindi.

Shveysariya sotsial-demokratik partiyasi rahbari Kristian Levra Islomni rasmiy diniy yo‘nalish sifatida tan olish taklifi bilan chiqqani xabar qilindi.

“Shveysariyada 400 mingdan ortiq musulmon yashaydi. Ularning 160 ming nafari Shveysariya fuqarolaridir. Islom bizni mamlakatimizda mavjud”, deya o‘z fikrlarini Sonntags Zeitung internet nashri bilan bo‘lgan suhbatda Levra bildirib o‘tdi.

Bugungi kunda Shveysariyada 240 ta masjid faoliyat olib boradi. Sotsial-demokratik partiya Islom dinini rasmiy din sifatida tan olish uchun hujjatlarni tayyorlayotganini aytib o‘tgan.

Turli radikal guruhlar shveysariyalik musulmonlarni o‘z tarafiga og‘dirishidan xavotirda ekani ta’kidlangan. Siyosiy partiya rahbarining aytishicha, islom dini rasmiy maqomga ega bo‘ladigan bo‘lsa, diniy ta’limni moliyalashtirish hukumat tomonidan amalga oshiriladi va musulmonlar xorijdan mablag‘larni kutib o‘tirmaydilar.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Imom – so‘zi va amali uyg‘un inson

27.12.2024   3165   2 min.
Imom – so‘zi va amali uyg‘un inson

1. Diniy sohani tanlashingizga nimalar va kimlar turtki bergan?

– Diniy sohani tanlashimga padari buzrukvorim sababchi bo‘lgan. U kishi bizga yoshligimizdan qisqa suralarni yodlattirgan. Tumanimizdagi jome masjidlar imomlariga shogird tushdim. Maktabni tugatgach, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga o‘qishga kirdim.
 

2. Bugungi imom qanday bo‘lishi kerak?

– Bugungi imom ilmli, odobli, muomalada, yurish-turishda barchaga ibrat va namuna bo‘lishi zarur. O‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Shu bilan birga, yurtimizda diniy-ma’rifiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor va bu xayrli ishlarni xalqqa yetkaza oladigan bo‘lishi zarur.


3. Imom-xatib odamlar orasida xuddi yuzdagi xoldek bo‘lishi kerak. Shunday emasmi?

– Bugun xalqimiz ma’rifatini yuksaltirish, ­bid’at-xurofotlarga murosasiz bo‘lishda imomning o‘rni alohida. Imomning so‘zi va amali uyg‘un, ya’ni aytganiga o‘zi amal qiladigan bo‘lishi kerak. Shunda­gina u odamlar orasida xuddi yuzdagi xoldek bo‘ladi.


4. Bugun jamiyatimizda sizni qaysi jihatlar quvontiradi va tashvishga soladi?

– Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar barcha qatori meni ham quvontiradi. Ayniqsa, Qur’on va tajvidni o‘rgatish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani tahsinga sazovor.

Ayrim yoshlarning bilib-bilmay aqidasi buzuq turli g‘alamislar tuzog‘iga tushib qolayotgani dilni xufton qiladi.


5. Eng ko‘p o‘qiydigan kitoblaringiz? Diniy manbalardan tashqari qanday mavzulardagi kitoblarni mutolaa qilasiz?

– Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahi­mahullohning “Tafsiri Hilol”, “Hadis va hayot”, “Ruhiy tarbiya” asarlarini qo‘ldan qo‘ymay mutolaa qilaman. Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Turkiston qayg‘usi” kitobi, jadidchi bobolarimizning asarlari meni maftun etgan.


6. Tanlagan kasbingizdan ko‘nglingiz to‘lmagan paytlar ham bo‘lganmi?

– Kasbim – faxrim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning meroslarini imkon qadar xalqqa yetkazayotganimdan behad baxtiyorman, alhamdulillah.


Ma’lumot o‘rnida, Shokirxon Imomiddinov 1979 yilda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. 1997–2001 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ta’lim olgan. 2001 yildan beri Quyi Chirchiq tumani “Olmazor” jome masjidida imom-xatib hamda 2019 yildan buyon mazkur tuman bosh imomi bo‘lib ishlab kelmoqda. 

"Hidoyat" jurnalining 8-sonidan olingan

 

Imom – so‘zi va amali uyg‘un inson
Maqolalar