Avstraliyada bosh ofisi joylashgan “Iqtisodiyot va tinchlik instituti” mutaxassislari tomonidan Global Terrorism Index hisobotini beshinchi marta e’lon qildi.
Hisobotda dunyo bo‘ylab 2000-2016 yillarda sodir bo‘lgan terror voqealari tahlil qilingan.
Ushbu hisobotda O‘zbekistonga terrorizm ta’siri kam bo‘lgan mamlakatlar qatoridan joy berilgan. O‘zbekiston reytingda dunyoning 163 mamlakati orasida 125-o‘rinni egallagan. Terrorizmning iqtisodiyot va tinchlikka ta’siri kam ekanini O‘zbekistondagi terrorchilik xavfi darajasi maksimal 10 balldan 0,077 ballni tashkil qilganida ko‘rish mumkin.
2016 yilda O‘zbekiston indeksda 117-o‘rinda qayd etilgan va 2017 yilda o‘z o‘rnini yanada mustahkamlagan.
Reytingda birinchi o‘rnida terrorchilikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat joylashgan bo‘lsa, 130-pog‘onada esa hujumlarga duch kelmagan davlat joylashgan.
Terror xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida Turkiya (9-o‘rin), Ukraina (17-o‘rin), Saudiya Arabistoni (26-o‘rin), AQSH (32-o‘rin), Qozog‘iston (67-o‘rin), Tojikiston (72-o‘rin), Qirg‘iziston (79-o‘rin) qayd etilgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, xalqaro ekspertlik guruhlari O‘zbekistonni xavfsiz mamlakat sifatida qayd etib, bu yerga tashrif buyurish sayyohlar va investorlar uchun xavfsiz ekanini bildirmoqdalar.
Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).
Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!
Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV