Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

Bolalar o‘rtasida adolat qiling

20.11.2017   5307   2 min.
Bolalar o‘rtasida adolat qiling

Bolalar tarbiyasiga doir foydali maslahatlar

No‘mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: «Farzandlaringiz o‘rtasida adolat qilinglar». Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir roziyallohu anhuning ayollari: «Mening bolamga xizmatkor sovg‘a qiling va bu narsaga Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni guvoh qiling», – dedi. Bashir roziyallohu anhu Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga keldilar-da: – Falonchining qizi (ayollarini aytayaptilar – tarj.) o‘zining o‘g‘liga xizmatkor tuhfa etishimni so‘rayapti… – dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): – Uning aka-ukalari bormi?, – deb so‘radilar. Bashir dedilar: – Ha. – Ularning hammalariga ham bunga qilganingdek tuhfa qilganmisan? – deb so‘radilar Rasululloh. – Yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): – Bunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman, – dedilar. Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Meni javrga guvoh qilma, albatta, bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir», – dedilar.

Shuningdek, muqaddas dinimizda qiz farzandlarga alohida e’tibor berishligi haqida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) shunday marhamat qilganlar: «Kimning bir qiz farzandi bo‘lib, unga yaxshi ta’lim, go‘zal tarbiya hamda Alloh taolo unga ato etgan ne’matlaridan qiziga ham sarflasa, Qiyomat kuni shu qizi uning uchun do‘zaxdan to‘suvchi parda bo‘ladi»  (Tabaroniy rivoyati).

Bayhaqiy rivoyat qildilar: Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga o‘tirgan edi, uning o‘g‘ilchasi kelib qoldi va u o‘g‘lini o‘pdi-da, bag‘riga olib o‘tqazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o‘tqazdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Sen ular o‘rtasida adolat qilmading», – dedilar. Salaflar bolalarini o‘pishda ham ular o‘rtasida adolat qilishni yaxshi ko‘rishardi.

Muslim Atayev,

tarix fanlari nomzodi,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo bo‘limi xodimi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Alloh naqadar buyuk Zot!

25.12.2024   6828   1 min.
Alloh naqadar buyuk Zot!

Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:

وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).

 وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).

Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!

Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV