Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Dekabr, 2024   |   26 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:24
Bismillah
27 Dekabr, 2024, 26 Jumadul soni, 1446

Fransiyada ko‘chada namoz o‘qish ta’qiqlandi

20.11.2017   5067   1 min.
Fransiyada ko‘chada namoz o‘qish ta’qiqlandi

Fransiya Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, hukumat topshirig‘iga ko‘ra, ko‘chada namoz o‘qish politsiya tomonidan nazorat ostiga olinadi. Ichki ishlar vaziri Jerar Kollon bir vaqtning o‘zida mamlakatda din ishlari bo‘yicha vazir sifatida ham faoliyat olib boradi.

Vazir “ko‘chalarda ibodat qilinmaydi, biz bu kabi ibodatlarga halaqit beramiz”, deydi.

10 noyabr kungi juma namozi vaqtida Parijning Klishi-la-Garen hududida yuz bergan hodisa hukumatning ushbu qarorni qabul qilishiga sabab bo‘lgan. Hukumat musulmonlarga masjidlar binosini kengaytirish taklifini bermoqda.

Ushbu kuni yuzlab parijliklar ko‘chalardagi noqonuniy ibodatlarni cheklash talabi bilan namoyishga chiqqan. Tuman meri, parlament a’zolari, mahalliy deputatlar Parij bo‘ylab namoyish tashkil qilgan.

Fransuz siyosatchilari musulmonlarga juma namozini ko‘chada o‘qishga qarshilik qilganlar va to‘qqiz oydan buyon davom etayotgan piyodalar uchun mo‘ljallangan Klishi-la-Garen ko‘chasidagi ibodatga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilgan edilar. Ushbu ko‘chada tuman meriyasi ham joylashgan.

Biroq parijlik musulmonlar ham shahar markazidagi 3-5 ming nafar odamga mo‘ljallangan ibodat uyining yopilishiga qarshi namoyish maqsadida ibodat qilishda davom etmoqdalar.

Mahalliy ma’muriyat ibodat qilmoqchi bo‘lganlarga ushbu ibodat uyining ijara muddatini uzaytirishdan bosh tortgani hamda namozlarni bu yerdan 1,5 km uzoqlikda joylashgan masjidda davom ettirishlarini “maslahat bergan”.

Ma’lumot uchun, Fransiya musulmonlar ulushi yuqori bo‘lgan Yevropa mamlakati hisoblanadi. Bu yerda 11 millionga yaqin musulmonlar istiqomat qiladi. Fransiyada 2 mingdan ortiq masjidlar faoliyat yuritadi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

"Mahalla yettiligi"ning vazifalari nimalardan iborat?

26.12.2024   7974   1 min.

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.

"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.