Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Yanvar, 2025   |   17 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:40
Shom
17:24
Xufton
18:42
Bismillah
17 Yanvar, 2025, 17 Rajab, 1446

Koreya musulmonlari hayoti

19.11.2017   5681   1 min.
Koreya musulmonlari hayoti

Janubiy Koreya Respublikasi o‘zining texnologiyalar sohasidagi taraqqiyoti bilan dunyoga mashhur. 

Koreys madaniyatini namoyish etuvchi seriallar va filmlarni tomosha qilganimizda ushbu mamlakatda buddaviylik ta’limoti keng yoyilganining guvohi bo‘lamiz. 

Biroq Janubiy Koreyada 100 ming nafarga yaqin musulmonlar istiqomat qiladi. Ushbu miqdor o‘z ichiga xorijliklarni ham olsada, koreys millatiga mansub bo‘lgan musulmonlar ham talaygina. 

Imom Rahmon Li Ju-Hva Islom dini bilan 1984 yilda tanishgan. U do‘stlari orasida nega spirtli ichimlik iste’mol qilmasligini bugun tushuntirib o‘tirmaydi. Sababi uning do‘stlari uning e’tiqodi haqida tushunchalarga ega bo‘lganlar. 

Imom Rahmon Janubiy Koreyada musulmonlar katta qarshilikka duch kelganlarini eslaydi. Bir vaqtlar masjidlar politsiya tomonidan himoya qilingan. 

Janubiy Koreya turizm qo‘mitasining xabariga ko‘ra, mamlakatga har yili 1,2 million nafar musulsonlar tashrif buyuradi. Bu esa mamlakatda “Halol” sertifikatlash tizimining qabul qilingani bilan izohlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya yarim oroliga Islom dini 9 asrda musulmon savdogarlari bilan kirib kelgan.

Keyinroq esa, 1950-1953 yillarda bo‘lib o‘tgan Koreya urushi davrida turklarning Janubiy Koreya tomonida urush olib borgani musulmonlarning salmog‘i ortishiga sabab bo‘lgan.

1976 yilda Seulda Itayevon masjidi quriladi. Ushbu masjid qurilishi Malayziya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 

Koreya urushi yillarida turk askarlari tomonidan o‘nta masjid bunyod etilgan.

 

 O‘MI matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Onaga muhabbat — ibodat, xotinga muhabbat — saodat

16.01.2025   3612   2 min.
Onaga muhabbat — ibodat, xotinga muhabbat — saodat

Doktor Mustafo Mahmud aytadilar:

"Bir kuni bir ona menga shikoyat qilib bunday dedi:
— O‘g‘limning xotiniga bo‘lgan muhabbati menga bo‘lgan muhabbatidan kuchliroq.
Men undan so‘radim:
— Pomidor yaxshimi yoki apelsin?
U ajablangancha menga qarab:
— Bunday solishtirish noto‘g‘ri, chunki pomidor sabzavot, apelsin esa mevalardan, — dedi.
Men unga shunday javob berdim:
— Muhabbat ham huddi shunday, uning ham turlari ko‘p va bir turini boshqa biri bilan solishtirish to‘g‘ri emas.
Ona mendan tushuntirishimni so‘radi.
Men davom etdim:
— Siz — onasiz, siz o‘g‘lingiz uchun yerdagi jannatsiz, o‘g‘lingiz esa qalbingizning bir bo‘lagi. Uning sizga bo‘lgan muhabbati ibodatdir. Xotini esa uning jufti, Alloh uni unga baxt uchun yaratgan, uning xotiniga bo‘lgan muhabbati esa, saodatdir.
Shuning uchun o‘g‘lingizga ibodatda yordamchi bo‘ling va uning baxti uchun ayoliga bo‘lgan muhabbatini qo‘llang. Uning sizga bo‘lgan muhabbatini boshqa muhabbat bilan solishtirib, uning qadrini tushirmang. O‘g‘lingizni erkin qo‘ying, shunda uning qalbi sizni o‘z ixtiyori bilan qayta topadi va jannatni siz orqali izlaydi.
Shunda ona boshini silkitib gapimni tasdiqladi va yuzini rozilik nurli yoritdi. U ketar ekan, takrorlar edi:
— Uning menga bo‘lgan muhabbati ibodat, xotiniga bo‘lgan muhabbati esa saodat. Men unga ibodatini mukammal qilishida yordam berishim va xotini bilan baxtli bo‘lishiga qo‘yib berishim kerak.

Azizim ona...
Bu suhbatimizni xotirangizda saqlang. O‘g‘lingiz turmush qurganida shu so‘zlarni eslang va uning xotini bilan baxtli yashashiga qo‘yib bering. Uning sizga bo‘lgan muhabbati va itoati ila ibodati mukammal bo‘lishiga yordamchi bo‘ling. Bu gaplarni hecham unutmang: "Agar sizga itoat qilishini istasangiz, unga toqati yetadigan ishni buyuring".

Onaga bo‘lgan muhabbat — ibodat,
Xotinga bo‘lgan muhabbat — saodat.
Har ikki muhabbat ham qalbdan chiqadi, ammo turli xil va ularni bir-biri bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Shunday ekan, ibodatingizni go‘zal ado eting va baxtli bo‘ling".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV