frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

G‘aflatda qolmang! Jannatdagi uyga, haj va umra savobiga ega bo‘ling

17.11.2017   10909   5 min.
G‘aflatda qolmang! Jannatdagi uyga, haj va umra savobiga ega bo‘ling

ZUHO SO‘ZI QANDAY MA’NONI ANGLATADI?

Zuho so‘zi – “choshgoh  vaqti” degan ma’noni anglatadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Qasamyod eturman choshgoh vaqti bilan» (Zuho surasi, 1-oyat).

ZUHO NAMOZI QACHON O‘QILADI?

Bu namozning vaqti: quyosh chiqqandan tahminan yarim soat o‘tib, zavol (quyosh og‘ishga kelgan vaqt)ga bir soat qolguncha davom etadi.

 

ZUHO NAMOZI NЕCHA RAKAT?

Zuho namozi ikki rakatdan o‘n ikki rakatgacha o‘qiladi, eng afzali to‘rt rakatdan o‘qishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘proq to‘rt rakatdan o‘qiganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki ikki rakaat zuho namozini muntazam o‘qisa, gunohi dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, kechiriladi”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad rivoyati).

 

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM ZUHO NAMOZINI QANDAY ADO ETARDILAR?

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallollohu alayhi vasallam zuho namozini (ba’zi kunlar) shunday (uzluksiz) o‘qir edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Ba’zan esa shunday o‘qimay tashlab qo‘yar edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz o‘qimaydilar, derdik” (Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

 

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAM ZUHO NAMOZIDA QAYSI SURALARNI TILOVAT QILGANLAR?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zuho namozida “Shams” va “Zuho” suralarini o‘qir edilar. 

 

ZUHO NAMOZINING 5 FAZILATI

  1. Zuho namozi - eng afzal sadaqa.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Har biringiz bo‘g‘in va suyaklar ustida tong ottirganingiz uchun bir sadaqa bor. Har bir tasbehingiz – sadaqa. Har bir tamhid (Alhamdulillah) – sadaqa, har bir tahlil (La ilaha illalloh) – sadaqa, har bir takbir – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz – sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz – sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakat zuho namoz o‘qishingiz kifoya qiladi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

 

  1. Zuho namozi - Jannatdan uy.

“Kim ikki rakat zuho namozi o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. Kim to‘rt rakat zuho namozi o‘qisa, qanoatlilardan deb yoziladi. Kim olti rakat zuho namozi o‘qisa, u o‘sha kun uchun unga kifoya qiladi. Kim sakkiz rakat zuho namozi o‘qisa, Alloh taolo uni obidlardan deb yozib qo‘yadi. Kim o‘n ikki rakat zuho namozi o‘qisa, u odam uchun Alloh jannatda bir uy barpo qiladi”.

 

  1. Zuho namozi – Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning vasiyatlari.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Menga Xalilim sollallohu alayhi vasallam uch narsani vasiyat qilganlar: har oyda uch kun ro‘za tutmoqni; ikki rakat choshgoh–zuho namoz va uxlashimdan oldin vitr o‘qimog‘imni” (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Nasoiy rivoyati).

  1. Zuho namozi – Haj va umra savobiga ega bo‘lish.

Muoz ibn Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqqunicha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajri to‘liq, to‘liq, to‘liq beriladi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

 

  1. Zuho namozi – boy bo‘lishga sabab.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Najdga qo‘shin jo‘natdilar. Ular Najddan ko‘plab o‘ljalarni qo‘lga kiritib, tez qaytishdi. Qo‘shin bilan Najdga bormagan bir kishi: “Bundan oldin oz muddat ichida katta o‘ljani qo‘lga kiritib qaytgan to‘dani ko‘rmadik”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarga oz muddat ichida bulardan ham ko‘proq boylikni qo‘lga kiritib qaytgan qavmning xabarini beraymi? Ular bomdod namozini jamoat bilan o‘qib, quyosh chiqqunga qadar Allohni zikr qilib o‘tirgan, so‘ng ortga qaytgan qavm. Ana o‘shalar tez va katta o‘lja bilan qaytgan qavmdirlar”, dedilar.

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

20.08.2026   1796   1 min.
“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.

Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.

Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.

Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari