Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446

Kimni yaxshi ko‘rasan?

13.11.2017   6693   4 min.
Kimni yaxshi ko‘rasan?

Ota-ona farzand uchun go‘zal tarbiya, chiroyli ibrat timsolidir. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan maqol ham ota-onaning farzand tarbiyasi borasidagi o‘rni beqiyos ekanini bildiradi. Bu xususda quyidagi hadis mashhur: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir go‘dak fitratda tug‘iladi. Bas, uni ota-onasi yo yahudiy yo nasroniy yoki ma’jusiy qilib ulg‘aytiradi”, dedilar” (Muttafaqun alayh).

Aqida kitoblarida “fitrat” oppoq qog‘oz deya ta’riflanadi. Demak, oq qog‘ozga haqiqiy, to‘g‘ri tarbiya asoslari yozilsa, albatta bu kelajakda o‘z samarasini beradi. Ota-onaning har bir holati, gaplari farzand xotirasiga muhrlanadi. So‘ng farzand ham ota-onasidek gapirishga, ulardek xatti-harakat qilishga intiladi. Bu borada, albatta, ota-onaning o‘zi ibrat bo‘la olishi kerak. Ba’zida otaning farzandidan: “Kimni ko‘proq yaxshi ko‘rasan, menimi yoki onangnimi?” deya so‘rayotganiga guvoh bo‘lamiz. Shu holatda ota: “Men senga qancha sovg‘alar olib beraman, meni yaxshi ko‘rasan-a?”, deydi. Ona esa: “Men sening hamma aytganlaringni qilaman, meni tanla”, deydi… Bola bu vaziyatda qiyin ahvolga tushib qoladi. Ruhiyatshunoslarning ta’kidlashicha, bunday savollar bolani qiynab, ruhiyatiga salbiy ta’sir qilar ekan…

Biz o‘zi kimni ko‘p yaxshi ko‘rishimiz kerak? degan savolni o‘zimizga beraylik-chi? Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uch narsa borki, ular kimda bo‘lsa, u iymon halovatini topibdi: kimga Alloh va uning Rasuli boshqa narsalardan ko‘ra suyukliroq bo‘lsa, kimki bir bandani faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rsa va kimki Alloh uni kufrdan qutqarib olgandan keyin kufrga qaytishini xuddi do‘zaxga tashlanishini yomon ko‘rgandek yomon ko‘rsa”, dedilar” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Agar biror narsalar berilgani uchun biror kimni ko‘proq yaxshi ko‘rishimiz kerak bo‘lsa, Alloh taoloning bizga berga ne’matlarini sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Aslida mana shu mehribon ota-onalarimzni ham bizlarga Alloh taolo bergan! Har birimiz, avvalambor, qalbimizda Alloh taolo va Rasulullohga bo‘lgan muhabbatni hosil qilishimiz lozim. So‘ng ana shu muhabbat urug‘larini farzandlarimiz qalbiga ham socha olamiz. Muhabbat hosil qilish uchun esa muhabbat qiluvchimizni yaxshilab tanishimiz kerak. Tanimagan, bilmagan odamga mehrli bo‘lish qiyin. Demak, Alloh taoloning ism va sifatlarini ya’ni Xoliqligini (yo‘qdan bor qilib bizni mukarram inson qilib yaratganini), Razzoq (biz qanchalar gunoh ishlar qilsak-da, bizlarga rizqimizni doim yetkazishini), G‘ofur (biz xato qilsak-da, bizni kechirishi, hammani oldida sharmanda qilmasligini), Hafiz (bizni yomonliklardan asrashini) chorasiz qolgan vaqtlarimizda, yordam so‘rab uzatgan qo‘llarimiz havoda qolib ketgan vaqtda bizni eng qiyin vaziyatlarimizni oson qilib beruvchi yagona zot Alloh taolo ekanini chin dildan bilib his qilsak, albatta, Alloh taologa bo‘lgan muhabbatimiz ziyoda bo‘ladi va bu muhabbatimizning nuri butun hayotimizni, oxiratimizni yoritishga yetadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat hosil qilish uchun ham uni haqiqiy bir ilm bilan tanishimiz lozim. U zotning mehribonligi, to‘g‘ri so‘zligi, omonatdorligi, saxiyligi, barchaga birdek muomala qilishi, kechirimliligi, ummatiga bo‘lgan mehri, boshqalarning dardi bilan yonishi kabi go‘zal xislatlaridan ibrat olmog‘imiz darkor.

Biz ota-onalar u zotni avval o‘zimiz yaqindan tanib, yaxshi ko‘rib so‘ng farzandlarimizga ham ta’lim berishimiz lozim.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga ota-onamizni ajratmay barobar yaxshi ko‘rishimiz kerakligini, ota-onamiz bizga yaxshilik qilmasa-da, ularga ezgulik qilishimiz lozimligini ta’lim bergan ustozdir.

Shunday ekan, biz eng ko‘p Alloh taoloni va uning Rasulini yaxshi ko‘rishimiz kerak! Shundagina farzandlarimizdan: “Kimni yaxshi ko‘rasan?” degan savolimizga “Allohni va Uning Rasulini” degan go‘zal javobni eshitamiz.

Joziba JAMOL qizi,

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bu yerda qilingan har bir duo ijobat bo‘ladi

18.06.2025   173   1 min.
Bu yerda qilingan har bir duo ijobat bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

U Hajarul asvad rukni bilan Ka’ba eshigi oralig‘i bo‘lib, o‘lchami ikki metrdir.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Multazam rukn bilan eshik oralig‘idadir», dedilar.

Mujohid: «Rukn bilan eshik orasida multazam bordir», dedilar.

Bu joy duolar ijobat bo‘ladigan o‘rindir. Duo mobaynida ikki bilak va kaftni ko‘krakka yopishtirmoq sunnatdir.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat kilinadi:

«Bu zot tavof qilib, namoz o‘qib, keyin ruknni o‘pib, so‘ngra tosh bilan eshik oldida tik turib, ikki qo‘l, chakkalarini ko‘kraklariga yopishtirib: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shunday qilib turganlarini ko‘rdim», dedilar.

Abu Zubayr: «Abdulloh ibn Umar, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhular multazamda turishganini ko‘rdim», dedilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Biror kishi qora tosh bilan Ka’ba eshigi oldida turib Allohga duo qilsa, barcha yaxshi ko‘rgan narsalarining hojati chiqqanini ko‘radi», dedilar.

Mujohid: «Rukn bilan eshik orasidagi joy Multazam deb nomlanadi. Odamlar o‘sha yerda Allohdan biror narsa so‘rashsa yoki biror narsadan panoh tilashsa, Alloh uni ularga beradi», dedilar.

Makka, Ka’ba, Zamzam tarixi, haj va umra manosiklari» kitobidan

Maqolalar