Shayx Muhammad Sa’id Ramazon al-Butiy
Agar qalbda Alloh bilan bo‘lgan munosabatda sodiq bo‘lishga qalbingda joy topishni xohlasang, uni topa olmaysan. Agar toatingdagi sog‘lom niyatga qalbingda joy topishni xohlasang unga ham joy topa olmaysan.
Buning yo‘li nima? Buning yo‘li, ikkinchisi yo‘q yagona vositaga intilishingdir. Uning yordami bilan qalbingni egallab olgan ofatlarni chiqarib tashlashingdir.
Ixlosga yetish uchun qalbingizdan ushbu ofatlarni tozalab, uni poklashga kuchi yeta oladigan vosita nima ekanini bilasizlarmi?
Bu Alloh subxanahu va taoloning muhabbatidir.
Lekin sen darhol, Allohning muhabbatiga yetishim uchun qayerdan kuch topaman? – deb so‘raysan. Bunga javob berishim uchun hozir vaqt yetmaydi. Lekin men sizlarning oldingizga uchta sababni qo‘yaman, agar shularni amalga oshirsak qalbimiz Allohning muhabbatiga to‘lib toshadi.
Birinchi sabab, ey odam bolasi, hayotingda senga yaxshilik qiluvchi yagona zot Alloh ekanini eslab yurishingdir. Ushbu haqiqatni doimo eslab shunga yarasha muomalada bo‘lishingdir.
Nafasingni o‘z o‘rnida doimiy ravishda kirib chiqib turishini kim amalga oshirayotganini o‘z nafsingdan bir so‘rab ko‘r. Seni yedirib ichirayotgan kim? Og‘zingga solgan luqmani yoki ichayotgan bir qultum suvni sen tiqilmaydigan qilib yaratdi. Yotganingda seni uxlatib qo‘yadigan kim? Uxlab orom olganingdan so‘ng seni qayta uyg‘otadigan kim? Yuvinish joyiga kirganingda seni u yerdagi ofatlardan asraydigan kim? Yeru osmonni va hayvonlarni sen uchun bo‘ysundirib qo‘gan kim?
Agar Alloh uni sen uchun bo‘ysundirmaganida biror qishloqda ushbu hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishga hech kuch topa olmas eding.
“Axir Biz ular uchun O‘z qo‘llarimizla qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qo‘yganimizni ko‘rmaydilarmi?! Bas, ular o‘shalarga molik–egadirlar-ku! Biz ularga o‘sha(hayvon)larni bo‘yinsundirib qo‘ydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar”. Yaasin,71-72.
Qish fasliga munosib bo‘lgan qish faslining mevalari bilan seni kim ikrom etdi? Bahoringga mos keladigan bahoriy mevalarni senga kim berdi? Qaynoq yozning issig‘iga munosib bo‘lgan yoz mevalari bilan senga kim ehtirom ko‘rsatdi? Bu yerning zoxirida rizqni, botinida (ichida) esa ne’matni sen uchun paydo qilgan kim? Kim u? Alloh emasmi. Bunda biror shak yoki shubha bormi? Bu borliqdagi hamma narsani sen uchun musaxxar qilib bo‘ysundirdi.
Qoida shuki, ehson (yaxshilik) insonni bandaga aylantiradi.
Shubha yo‘qki, agar Alloh subxanahu va taolo sen uchun Muhsin ekanini bilsang, Uni yaxshi ko‘rishing va qalbingdagi muhabbat bilan unga yuzlanmog‘ing lozim. Lekin fikr qil va bu fikringda davom et, shunda qalbingni muhabbat bilan Allohga yuzlanganini topasan.
Ikkinchi sabab: Bu inson o‘z nafsini yaxshi ko‘rishidir.
Bu aniq ko‘zga tashlanib turgan ishlardan. Birortamizda o‘zimizni yaxshi ko‘rib, bizni doimo tinch omon va hotirjam bo‘lishimizga olib boradigan vositalarga bo‘lgan xohishimizga shubha yo‘q.
Omonlikni senga bergan kim? Balo va ofatlardan seni salomat qilgan kim? Dunyoda to‘lib toshgan, atrofingdagi atmosferani o‘rab olgan mikroblardan seni himoya qilayotgan kim? Seni tabiblar ham boshqalar ham bilmaydigan sirli xolda o‘z borlig‘ingda turg‘azib qo‘ygan kim? Bu turishingni ular tushuntirib bera olmay ikki manoli mavhum gaplarni aytadilarku… Bilginki, bu mustahkam immunitetdir. Seni vujudingda ushbu immunitetni o‘rnatgan kim? U Allox emasmi?
Kim o‘zini yaxshi ko‘rsa o‘zini ofatlardan himoya qilgan Allohni sevadi.
Uchinchi sabab: Sen o‘ylab va nazar solib ishonch bilan Allohga iymon keltirganligingni bilasan. Sen Allohni birligiga iymon keltirib Alloh seni yaxshi ko‘rishini bilasan. Agar chuqur mulohaza qilsang, buni yaxshi anglaysan. Agar Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida o‘zini senga tanitmas edi. Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida seni ibodatga yo‘naltirib qalbingni ochib qo‘ymas edi. Agar Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida sen hojatlarni qondiruvchi yagona Allohga iymon keltirmas eding. Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida yeru osmonni sen uchun musaxxar qilib bo‘ysundirmagan bo‘lar edi. Shunday emasmi?
Allohning bizga bo‘lgan muhabbati, bizni unga bulgan muhabbatimizdan oldindadir. Ha bizni sevgimizdan ustundir.
Rivoyat qilishlaricha bir ibodatli ayol bir joyda xizmat kilar edi. O‘sha joyning egasi u ayol kechasi sajdada Robbisidan, “Allohim seni menga bulgan muhabbating bilan meni ehtirom qilishingni va mag‘firat qilishingni so‘rayman”, deb duo qilayotgan ovozini eshitib uyg‘onib ketdi. U kishi ayolning bu so‘zlarini jiddiy hisoblab namozini tugatishini kutib turdi. Keyin u ayolga, ey qizim unday demagin, meni senga bo‘lgan muhabbatim bilan meni ehtirom qil, deb aytgin. Seni u yaxshi ko‘rishini qayerdan bilasan, dedi. Shunda ayol, ey Xojam agar U meni yaxshi ko‘rmaganida bu vaqtda meni ibodatga uyg‘otmas edi. Menga muhabbati bo‘lmaganida o‘z huzurida turg‘azmas edi. Agar meni sevmaganida bu kabi munojotni qildirmas edi, dedi.
Ha, biz aytamiz: Allohim seni bizga muhabbating bo‘lmaganida bizni masjidingda jamlamas eding. Agar bizga muhabbating bo‘lmaganida bizga iymonni ravo ko‘rmas u bilan qalblarimizni ziynatlamas eding. Bizlardan kufr va gunohni yomon ko‘rmas eding.
Alloh taoloning muxabbatiga muhabbatimizni almashtirmaymizmi, ey azizlar! Mana shu uchinchi sababdir.
Ushbu uch vosita bilan o‘zaro birgalikda muomala qilib borsak qalbimizni egallab olgan havoi shahvatlarni va mutaassibligu murosasozliklarni supirib haydashimizga kuch topa olamiz. Shunda qalb top-toza bo‘ladi. Shunda qalb Alloh subxanahu va taoloning muhabbati uchun pokiza idishga aylanadi.
Alloh seni yaxshi ko‘rganidan keyin sen ham uni yaxshi ko‘rsang, men senga Alloh taolo o‘zining muhabbati va bizning unga bo‘lgan muhabbatimiz shafoatiga kirgazish xushxabarini beraman.
Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayhi aytadi:
Solihlardan bir kishi bir ayolni qattiq yig‘lab, “Allohim bu hayotdan zerikdim, agar men o‘limni sotadigan kishini topsam, Allohga bo‘lgan kuchli xohishim tufayli u o‘limni sotib olar edim”, deb aytayotgan ushbu so‘zlarni eshitib qoldi.
U kishi ayolga: Sizni Allohga yo‘liqtiradigan biror amalingizga ishonasizmi, dedi.
Ayol, yo‘q lekin men uni yaxshi ko‘raman, aytingchi, men uni yaxshi ko‘rsam ham u meni azoblaydimi?- dedi.
Ushbu so‘zimni aytib Allohdan mag‘firat so‘rayman.
Toshkent shahar “Eshonguzar” jome masjidi imom-xatibi
Abdulloh G‘ulomov tarjimasi
Manba: www.vakillik.uz
Ixlos… U bugunda unutilgan Qur’oniy qadriyat (1-qism)
Savol: Men tush ko‘rdim va uyg‘onib Ibni Sirinning "Tushlar ta’biri" kitobini ko‘rsam yomonroq chiqdi va siqilib qoldim. Tush ta’biri masalalariga musulmon inson qanday qarashi kerak?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Avvalo shuni aytishimiz kerakki, Ibn Siriyn rahimahullohga nisbat berilgan “Tushlar ta’biri” kitobi u zotga tegishli emas. Shuning uchun bu kitobni u zotga nisbat berib bo‘lmaydi. Dinimizga ko‘ra tushlar uch xil bo‘ladi:
– Alloh taolo tomonidan bo‘lgan, tahorat bilan yotilganda, tongga yaqin ko‘riladigan, solih tushlar.
– Shaytondan bo‘lgan, aniq esda qolmaydigan, kayfiyatni tushiradigan, alahsirashga o‘xshash yomon tushlar.
– Kasbiga yoki qiziqqan narsasiga taalluqli tushlar.
Dinimizda tush ko‘rganda nima qilish kerakligi borasida aniq tavsiyalar kelgan. Agar rost tushlar shariatga mos kelsa, amal qilish mumkin, agar zid kelsa, qat’iy amal qilinmaydi. Yomon tush ko‘rgan kishi tushini birovga aytmasligi va tushning yomonligidan Alloh taolodan panoh so‘rashi kerak. Bu haqida Abdulloh ibn Qatoda roziyallohu anhu otasidan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Rost tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz qo‘rqinchli tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflab qo‘ysin va tushning yomonligidan (Allohdan) panoh so‘rasin. Shunda yomon tush zarar qilmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ya’ni yomon tush ko‘rgan kishi chap tomonga yengilgina tuflab: “Robbim! Ko‘rgan tushimni yomonligidan panoh so‘rayman”, deb qo‘yadi.
Ba’zi ulamolar imkon bo‘lsa o‘rnidan turib, tahorat olib, ikki rakat nafl namoz o‘qigani hamda biroz sadaqa qilib qo‘ygani yana ham yaxshi, deyishgan.
Shuningdek, tush inson taqdirini belgilamaydi. Tushga ortiqcha baho berib, uni hayot mezoniga aylantirish to‘g‘ri emas. Biz dinimiz ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qilsak, ham moddiy, ham ruhiy tarafdan sog‘lom, irodamiz mustahkam bo‘ladi. Vallohu a’lam!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.