Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Ixlos… U bugunda unutilgan Qur’oniy qadriyat (2-qism)

13.11.2017   5340   7 min.
Ixlos… U bugunda unutilgan Qur’oniy qadriyat (2-qism)

Shayx Muhammad Sa’id Ramazon al-Butiy

Agar qalbda Alloh bilan bo‘lgan munosabatda sodiq bo‘lishga qalbingda joy topishni xohlasang, uni topa olmaysan. Agar toatingdagi sog‘lom niyatga qalbingda joy topishni xohlasang unga ham joy topa olmaysan.
Buning yo‘li nima? Buning yo‘li, ikkinchisi yo‘q yagona vositaga intilishingdir. Uning yordami bilan qalbingni egallab olgan ofatlarni chiqarib tashlashingdir.

Ixlosga yetish uchun qalbingizdan ushbu ofatlarni tozalab, uni poklashga kuchi yeta oladigan vosita nima ekanini bilasizlarmi? 

Bu Alloh subxanahu va taoloning muhabbatidir.

Lekin sen darhol, Allohning muhabbatiga yetishim uchun qayerdan kuch topaman? – deb so‘raysan. Bunga javob berishim uchun hozir vaqt yetmaydi. Lekin men sizlarning oldingizga uchta sababni qo‘yaman, agar shularni amalga oshirsak qalbimiz Allohning muhabbatiga to‘lib toshadi.

Birinchi sabab, ey odam bolasi, hayotingda senga yaxshilik qiluvchi yagona zot Alloh ekanini eslab yurishingdir. Ushbu haqiqatni doimo eslab shunga yarasha muomalada bo‘lishingdir.

Nafasingni o‘z o‘rnida doimiy ravishda kirib chiqib turishini kim amalga oshirayotganini o‘z nafsingdan bir so‘rab ko‘r. Seni yedirib ichirayotgan kim? Og‘zingga solgan luqmani yoki ichayotgan bir qultum suvni sen tiqilmaydigan qilib yaratdi. Yotganingda seni uxlatib qo‘yadigan kim? Uxlab orom olganingdan so‘ng seni qayta uyg‘otadigan kim? Yuvinish joyiga kirganingda seni u yerdagi ofatlardan asraydigan kim? Yeru osmonni va hayvonlarni sen uchun bo‘ysundirib qo‘gan kim?
Agar Alloh uni sen uchun bo‘ysundirmaganida biror qishloqda ushbu hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishga hech kuch topa olmas eding.

“Axir Biz ular uchun O‘z qo‘llarimizla qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qo‘yganimizni ko‘rmaydilarmi?! Bas, ular o‘shalarga molik–egadirlar-ku! Biz ularga o‘sha(hayvon)larni bo‘yinsundirib qo‘ydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar”. Yaasin,71-72.

Qish fasliga munosib bo‘lgan qish faslining mevalari bilan seni kim ikrom etdi? Bahoringga mos keladigan bahoriy mevalarni senga kim berdi? Qaynoq yozning issig‘iga munosib bo‘lgan yoz mevalari bilan senga kim ehtirom ko‘rsatdi? Bu yerning zoxirida rizqni, botinida (ichida) esa ne’matni sen uchun paydo qilgan kim? Kim u? Alloh emasmi. Bunda biror shak yoki shubha bormi?  Bu borliqdagi hamma narsani sen uchun musaxxar qilib bo‘ysundirdi.

Qoida shuki, ehson (yaxshilik) insonni bandaga aylantiradi.

Shubha yo‘qki, agar Alloh subxanahu va taolo sen uchun Muhsin ekanini bilsang, Uni yaxshi ko‘rishing va qalbingdagi muhabbat bilan unga yuzlanmog‘ing lozim. Lekin fikr qil va bu fikringda davom et, shunda qalbingni muhabbat bilan Allohga yuzlanganini topasan.

Ikkinchi sabab: Bu inson o‘z nafsini yaxshi ko‘rishidir.

Bu aniq ko‘zga tashlanib turgan ishlardan. Birortamizda o‘zimizni yaxshi ko‘rib, bizni doimo tinch omon va hotirjam bo‘lishimizga olib boradigan vositalarga bo‘lgan xohishimizga shubha yo‘q.

Omonlikni senga bergan kim? Balo va ofatlardan seni salomat qilgan kim? Dunyoda to‘lib toshgan, atrofingdagi atmosferani o‘rab olgan mikroblardan seni himoya qilayotgan kim? Seni tabiblar ham boshqalar ham bilmaydigan sirli xolda o‘z borlig‘ingda turg‘azib qo‘ygan kim? Bu turishingni ular tushuntirib bera olmay ikki manoli mavhum gaplarni aytadilarku… Bilginki, bu mustahkam immunitetdir. Seni vujudingda ushbu immunitetni o‘rnatgan kim? U Allox emasmi?
Kim o‘zini yaxshi ko‘rsa o‘zini ofatlardan himoya qilgan Allohni sevadi.

Uchinchi sabab: Sen o‘ylab va nazar solib ishonch bilan Allohga iymon keltirganligingni bilasan. Sen Allohni birligiga iymon keltirib Alloh seni yaxshi ko‘rishini bilasan. Agar chuqur mulohaza qilsang, buni yaxshi anglaysan. Agar Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida o‘zini senga tanitmas edi. Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida seni ibodatga yo‘naltirib qalbingni ochib qo‘ymas edi. Agar Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida sen hojatlarni qondiruvchi yagona Allohga iymon keltirmas eding. Alloh seni yaxshi ko‘rmaganida yeru osmonni sen uchun musaxxar qilib bo‘ysundirmagan bo‘lar edi. Shunday emasmi?

Allohning bizga bo‘lgan muhabbati, bizni unga bulgan muhabbatimizdan oldindadir. Ha bizni sevgimizdan ustundir.

Rivoyat qilishlaricha bir ibodatli ayol bir joyda xizmat kilar edi. O‘sha joyning egasi u ayol kechasi sajdada Robbisidan, “Allohim seni menga bulgan muhabbating bilan meni ehtirom qilishingni va mag‘firat qilishingni so‘rayman”, deb duo qilayotgan ovozini eshitib uyg‘onib ketdi. U kishi ayolning bu so‘zlarini jiddiy hisoblab namozini tugatishini kutib turdi. Keyin u ayolga, ey qizim unday demagin, meni senga bo‘lgan muhabbatim bilan meni ehtirom qil, deb aytgin. Seni u yaxshi ko‘rishini qayerdan bilasan, dedi. Shunda ayol, ey Xojam agar U meni yaxshi ko‘rmaganida bu vaqtda meni ibodatga uyg‘otmas edi. Menga muhabbati bo‘lmaganida o‘z huzurida turg‘azmas edi. Agar meni sevmaganida bu kabi munojotni qildirmas edi, dedi.

Ha, biz aytamiz: Allohim seni bizga muhabbating bo‘lmaganida bizni masjidingda jamlamas eding. Agar bizga muhabbating bo‘lmaganida bizga iymonni ravo ko‘rmas u bilan qalblarimizni ziynatlamas eding. Bizlardan kufr va gunohni yomon ko‘rmas eding.

Alloh taoloning muxabbatiga muhabbatimizni almashtirmaymizmi, ey azizlar! Mana shu uchinchi sababdir.

Ushbu uch vosita bilan o‘zaro birgalikda muomala qilib borsak qalbimizni egallab olgan havoi shahvatlarni va mutaassibligu murosasozliklarni supirib haydashimizga kuch topa olamiz. Shunda qalb top-toza bo‘ladi. Shunda qalb Alloh subxanahu va taoloning muhabbati uchun pokiza idishga aylanadi.

Alloh seni yaxshi ko‘rganidan keyin sen ham uni yaxshi ko‘rsang, men senga Alloh taolo o‘zining muhabbati va bizning unga bo‘lgan muhabbatimiz shafoatiga kirgazish xushxabarini beraman.

Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayhi aytadi:
Solihlardan bir kishi bir ayolni qattiq yig‘lab, “Allohim bu hayotdan zerikdim, agar men o‘limni sotadigan kishini topsam, Allohga bo‘lgan kuchli xohishim tufayli u o‘limni sotib olar edim”, deb aytayotgan ushbu so‘zlarni eshitib qoldi.
U kishi ayolga: Sizni Allohga yo‘liqtiradigan biror amalingizga ishonasizmi, dedi.
Ayol, yo‘q lekin men uni yaxshi ko‘raman, aytingchi, men uni yaxshi ko‘rsam ham u meni azoblaydimi?- dedi.

Ushbu so‘zimni aytib Allohdan mag‘firat so‘rayman.

Toshkent shahar “Eshonguzar” jome masjidi imom-xatibi
Abdulloh G‘ulomov tarjimasi
Manba: www.vakillik.uz

Ixlos… U bugunda unutilgan Qur’oniy qadriyat (1-qism)

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

16.07.2025   1380   2 min.
Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.

Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:

“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).

Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyrni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Shunga ko‘ra imom domla Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu akbar deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.