Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Fiqh – foyda-zararni o‘rgatuvchi fan

9.11.2017   4598   1 min.
Fiqh – foyda-zararni o‘rgatuvchi fan

Yaqinda «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar islom bilim yurtida «Fiqh nima zararli va nima foydali ekanini bilmoq va o‘rganmoqdir» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Fiqh fani mudarrisasi Husnigul Halimova tashkillashtirgan davra suhbatida 3-a va 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatining dastlabki   bosqichida ishtirokchi talabalar fiqh ilmining tarixi, rivoji va ahamiyatiga doir masalalarni yoritib berishdi, fiqhiy mazhablarga ta’riflar berib Hanafiy mazhabi, uning yo‘lboshchisi Abu Hanifa rahmatullohu alayh hazratlarining hayoti va ilmiy faoliyatiga alohida to‘xtalishdi.

Bir necha jumboqli fiqhiy masalalar tezkor savol-javob va sahna ko‘rinishi tarzida namoyish etildi.

Bilim yurti mudirasi Shoira Shodiyeva davra suhbatidan ma’naviy oziq olganini, har bir inson fiqh ilmini o‘rganib hayotga tatbiq etmog‘i zarurligini izhor etdi. Boshqa ustozlar ham, shunday ilmiy majlislar ko‘proq bo‘lsa, nafaqat talabalar balki ustozlarning ham ilmiy salohiyati oshishini mamnuniyat bilan e’tirof etishdi.

Binobarin, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Diningizning eng xayrlisi oson va qulay bo‘lgani, ibodatning xayrlisi esa fiqhdir. Allohga qilingan ibodatlarning eng ulug‘i – dinda faqih bo‘lmoq. Bitta faqih olim Shaytonni mingta obiddan ko‘proq dahshatga soladi”.

Fiqh ilmi – mashaqqat-u qiyinchiliklardan najot beruvchi bir qo‘rg‘on!

Fiqh ilmi – yaxshilikka yetaklovchi, taqvoga boshlovchi bebaho omildir, deya davra suhbati yakunlandi.

Munira XO‘JAYEVA,

«Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar islom bilim yurti o‘qituvchisi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   2467   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV