Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

“Yil imomi-2017” ko‘rik tanlovi Respublika bosqichi boshlandi (fotolavha)

08.11.2017   5689   1 min.
“Yil imomi-2017” ko‘rik tanlovi Respublika bosqichi boshlandi (fotolavha)

An’anaga sodiq qolgan holda bugungi tadbirimiz ham Qur’oni karim tilovati va duolar bilan boshlanib, duo qilindi.

Bugungi kun imom-xatibi ham diniy ham dunyoviy bilimlar sohibi bo‘lishi, dunyoda yuz berayotgan voqe’likdan xabardor bo‘lib, xalqni ezgulik va birdamlikka chaqirishi,  haq bilan botilni ajratib berishi,  ikki dunyo saodatiga chorlovchi ma’rifat peshvosi bo‘lishi davrning talabidir. Shuningdek, hozirgi paytda islom dini niqobi ostida ro‘y berayotgan urush va to‘qnashuvlar, fitna-fasodlar, buzg‘unchi g‘oyalarning nayranglari iskanjasidan tinch aholini islom diniga bo‘lgan etiqodini to‘g‘rilash, ularga haq yo‘lni ko‘rsatib berish ham ularning asosiy vazifalaridir.

Bu yil ham ana shunday faol va iqtidorli imom-xatiblarimiz tuman va viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ko‘rik tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etishmoqda.

Tanlov 70 ballik tizimda olib boriladi. Ishtirokchilar avvalo raqamlar yozilgan qog‘ozlarni tortib, o‘z chiqish navbatlarini raqamlar tartibida aniqlab oladi. Shundan so‘ng, tartib bo‘yicha chiqib hakamlar hay’ati stolidan savollar solingan konvertlardan birini olib, maxsus ajratilgan joyga o‘tirib, undagi bilet raqamini e’lon qiladi va savollarni birma-bir o‘qib javob beradi.

Hakamlar hay’ati har bir savolga berilgan javob uchun maksimum 10 ball, minimum 2 ball qo‘yishlari mumkin.

Videolarni ko‘rish uchun quyidagi linkni bosing:

Video 1

Video 2

Bizni kuzatishda davom eting.

Telegramdagi kanalimizda ham voqealar rivoji bilan tezkor tanishib borishingiz mumkin.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

06.06.2025   11564   1 min.
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari hayit kuni bir-birlarini bunday tabriklashardi:

"Taqobbal Allohu minnaa va minkum"

"Alloh biz va sizdan
qabul qilsin".

Alloh taolo qilayotgan barcha solih amallaringizni qabul etsin.