Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

Masjidul haromda yangi o‘zgarish

30.10.2017   5177   1 min.
Masjidul haromda yangi o‘zgarish

 Makkai mukarramadagi Masjidul Harom masjidi maxsus xavfsizlik xizmati vakili Samih Sulamining aytishicha, Zam-zam qudug‘iga tutashgan mintaqalardagi yangi obyektlarni ishga tushirish loyihasini boshlash va tavof maydonidagi kengaytirish ishlarini yakuniga yetkazish doirasida tavof maydonining katta bo‘lagi qisqartirildi. Natijada haj va umra xavfsizlik xizmati loyihani bajarish jarayonida tavof maydonida izdihomning oldini olish hamda ziyoratchilarning xavfsizligi va sog‘ligiga ahamiyat qaratish maqsadida bir qator zarur choralarni ko‘rib, reja tuzishdi. Ushbu rejaga ko‘ra, tavofga kirish yo‘li Podshoh  Fahd eshigiga olib keluvchi yer osti yo‘llaridan eskalator vositasida Harami sharifga kirish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Ziyoratchilar tavof maydonidan sa’y maydoniga Fath eshigidagi yo‘lak orqali o‘tishadi. Tavof maydonidan  foydalanishga faqat umra ziyoratchilari uchun ruxsat beriladi. Hozirda yer qavati va birinchi qavatdagi tavof aylanasi maydonchasi  umra ziyoratchilari uchun tayyorlab qo‘yildi.

   Samih Sulami baytulloh ziyoratchilarini o‘z salomatliklarini muhofaza etishlari uchun xavfsizlik mas’ullari bilan hamkorlik qilishga va tegishli ko‘rsatmalarga rioya etishga chaqirdi.

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi

Ilyos AHMЕDOV

tayyorladi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Olti dinorning yuki

25.02.2025   4393   1 min.
Olti dinorning yuki

Oisha roziyallohu anho onamiz aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga olti (yo yetti) dinor berib, ularni kambag‘allarga tarqatishimni buyurgan edilar. Ammo o‘zlari bemor bo‘lganlari uchun menga bergan omonatlarini tarqata olmagandim.

Keyin tuzaldilar va mendan dinorlarni nima qilganimni so‘radilar. Men: Allohga qasamki, kasal bo‘lganingiz tufayli sizga qarab, band bo‘lib qoldim. Tarqata olmadim, dedim.

U zot alayhissalom: “Uni olib kel”, dedilar. Olib kelganimdan keyin kaftlariga qo‘yib, zaif ovoz bilan: “Muhammad Allohga yo‘liqqanida qo‘lida bu pullar bo‘lsa Robbidan nimani kutgan bo‘lardi?” dedilar».

Allohumma, solli ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammad!


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan 101 qissa” kitobidan.