Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti bilan hamkorlikda mustaqillik yillari O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovini o‘tkazadi.
Tanlovning hududiy bosqichida 2017 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning
1 oktyabrgacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko‘rsatilgan va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan materiallar 2017 yilning 20 noyabrga qadar qabul qilinadi. Hududiy bosqich g‘oliblari respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishadi.
Tanlovning hududiy bosqichi 1 dekabrgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tanlovning respublika bosqichi «Jaholatga qarshi – ma’rifat» shiori ostida o‘tkaziladi. Respublika bosqichi g‘oliblari hududiy bosqichda g‘olib chiqqan ishtirokchilar orasidan tanlov asosida saralanadi. Tanlovning o‘tkazilish vaqti OAVda e’lon qilinadi.
Tanlovning respublika bosqichida g‘olib, deb topilganlar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
Bosh mukofot: «Jaholatga qarshi – ma’rifat» mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish.
Folib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Asosiy mukofotlar:
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye – I, II, III o‘rinlar);
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio – I, II, III o‘rinlar);
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot – I, II, III o‘rinlar);
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet – I, II, III o‘rinlar);
"Eng faol targ‘ibotchi" (I, II, III o‘rinlar);
Foliblarga asosiy mukofotlarga qo‘shimcha tarzda tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari ham topshiriladi.
Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internetda e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo‘lmasligi kerak).
Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.
Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.
Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.
Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
– muallifning ismi-sharifi, o‘z sohasida olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
– muallifning turarjoyi, uy va ish telefonlari;
– pasport nusxasi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklariga topshiriladi.
Tashkiliy qo‘mita.
Savol: Birinchi rakat tugab, sajdadan ikkinchi rakatga turayotganda bir-ikki soniya o‘tirib, keyin turish sunnat deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Buni fiqhiy kitoblarimizda "Jalsai istiroha" ya’ni, "orom olib o‘tirish" deb nomlanadi. Bundan birinchi va uchinchi rakatlar oxirida sajdadan keyin qiyomga turishdan oldin bir oz o‘tirib olish tushuniladi va bu amal hanafiy mazhabida makruh amal sanaladi ("Al-Lubob sharhul kitob").
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg‘ambarimiz alayhissalom namozda bevosita qadamlarining old qismiga tayangan holllarida (ya’ni, yerga suyanmay va o‘tirmagan holda) turishlari rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.