Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

«Sarhisob» tanlovi

30.10.2017   4686   3 min.
«Sarhisob» tanlovi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘­mita, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘z­be­­kis­­ton Milliy teleradio­kompa­niyasi, O‘zbekiston mu­sul­mon­lari idorasi, Toshkent islom uni­ver­si­teti bi­lan ham­­­korlikda mustaqil­lik yillari O‘zbekistonda di­niy-ma’rifiy sohada amalga oshiri­layotgan islohot­larni keng tar­g‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadr­lash, dinlararo bag‘rikenglik va ham­korlik g‘oya­larini omma­lash­­ti­­rish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayot­gan yosh avlodni yot g‘oya­lardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkor­lar­ni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maq­sa­di­da «Sar­hisob» tan­lovini o‘tkazadi.

Tanlovning hududiy bosqichida 2017 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning
1 oktyabrgacha gazeta va jurnallarda bosil­gan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko‘r­sa­­­tilgan va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan material­lar 2017 yilning 20 noyabrga qadar qabul qilinadi. Hu­­­dudiy bosqich g‘oliblari respublika bosqichida qat­na­shish huquqini qo‘lga kiritishadi.

Tanlovning hududiy bosqichi 1 dekabrgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovning respublika bosqichi «Jaholatga qarshi – ma’rifat» shiori ostida o‘tkaziladi. Respublika bosqichi g‘o­liblari hududiy bosqichda g‘olib chiqqan ishtirokchilar ora­­sidan tanlov asosida saralanadi. Tanlovning o‘tka­zi­lish vaqti OAVda e’lon qilinadi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘olib, deb to­pil­gan­lar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

Bosh mukofot: «Jaholatga qarshi – ma’rifat» mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish.

Folib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sov­­g‘alari bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye – I, II, III o‘rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio – I, II, III o‘rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot – I, II, III o‘rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet – I, II, III o‘rinlar);

"Eng faol targ‘ibotchi" (I, II, III o‘rinlar);

Foliblarga asosiy mukofotlarga qo‘shimcha tarzda tash­ki­lot­chilarning qimmatbaho sovg‘alari ham topshiriladi.

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Inter­net­da e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo‘l­masligi kerak).

Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vo­sitaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 5 mi­nutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nus­­xasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim. 

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qi­linadi:

– muallifning ismi-sharifi, o‘z sohasida olib bo­rayot­gan faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;

– muallifning turarjoyi, uy va ish telefonlari;

– pasport nusxasi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari O‘zbe­kis­ton musulmonlari idorasining hududiy vakilliklariga top­shiriladi. 

Tashkiliy qo‘mita.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

9.01.2025   2862   2 min.
Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga qilgan nasihatlari Qur’oni karimda keltiriladi.


Nasihatning eng birinchisi – shikrdan qaytarish.

“Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir” (Luqmon surasi, 13-oyat).

Shirk eng og‘ir zulm, eng qabih jaholat va eng katta gunoh sanaladi.


Nasihatning ikkinchisi – ota-onaning haqqini ado etish.

“Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon surasi, 15-oyat).

Ota-ona hatto mushrik bo‘lsalar-da, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik talab etiladi.


Nasihatning uchinchisi – Alloh oshkor maxfiy har bir narsa bilib turuvchi Zot.

“Ey, o‘g‘ilcham! Shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir” (Luqmon surasi, 16-oyat).


Nasihatning to‘rtinchisi – namoz, amri ma’ruf, nahyi munkar va sabr.

“Ey, o‘g‘ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil!...” (Luqmon surasi, 17-oyat).


Nasihatning beshinchisi – ochiq yuzli, shirin so‘zli, tavoze’li bo‘lish, kibrlanmaslik.

“Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi, 18-oyat).


Nasihatning oltinchisi – baqir-chaqir qilmaslik.

(Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir(Luqmon surasi, 19-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD