Musiqa qadimgi davrlardayoq paydo bo‘lib yuzyilliklar osha takomillashib kelgan esa-da, uning yanada ravnaq topishiga O‘rta Sharq musulmonlari katta hissa qo‘shgan. Masalan, musulmon sozandalar Yevropaga olib borgan ud sozi skripkaning ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, asrlar davomida keng qo‘llanib kelinayotgan nota yozuvlari ham arab alifbosi asosida yaratilgan.
Robiya JO‘RAQULOVA
Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi.
Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati