Misrning nashrlaridan biri bo‘lgan “Al-Vatan” gazetasida nashr etilgan habarga ko‘ra, “Al-Azxar” universiteti farmatsevtika fakultetining 18 yoshli talabasi Sharif Sayid Mustafo Qur’oni karimni Alloh taoloning marhamati bilan 3 oyda yod olishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, Sharif Imom Buxoriy va Imom Muslim hazratlarining “Sahih hadislar to‘plami”ni 40 kunda xotirasiga joylashtirib oldi.
Uning bunday noyob qobiliyatiga 100 betlik matnni 6 daqiqada o‘qish iqtidori sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Qur’oni karimni bundan ham qisqa muddatda yod olganlar bo‘lishi mumkin, lekin ikki yirik xadislar to‘plamini 40 kunda yod olish Alloh taolo hammaga ham nasib etmaydigan nodir qobiliyatdir.
Alisher SATTAROV
Xalqaro aloqalar bo‘limi hodimi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jannatga kirdim va uning eshigida sadaqa o‘n (barobar savob), qarz esa o‘n sakkiz (barobar savob) bilan (mukofotlanadi) degan yozuvni ko‘rdim. Shunda "Ey Jabroil, qanday qilib sadaqa o‘n, qarz o‘n sakkiz barobar bo‘ladi?" dedim. Jabroil alayhissalom: "Chunki sadaqa boyning ham, faqirning ham qo‘liga tushaveradi. Qarz esa, faqat muhtojning qo‘liga tushadi", dedi.