“Sizlar sababli (o‘tib olishlaringiz uchun) dengizni (o‘n ikki yo‘lakka) bo‘lib, sizlarni qutqarganimiz, ko‘z o‘ngingizda Fir’avn lashkarini g‘arq qilganimizni ham eslangiz” (Baqara surasining 50-oyati).
Jabroil alayhissalom kunlarning birida Fir’avnning huzuriga inson qiyofasida keldi va unga o‘z qullarining birining ustidan shikoyat qildi.
– Men unga juda ko‘p yaxshiliklar qilaman. Ammo u har doim ko‘rnamaklik qiladi, mening amrlarimga qarshilik qiladi. U hatto o‘zini mening nomim bilan atab, boshqalarni o‘ziga qul qilib olibdi.
– U juda bemaza odam ekan-ku, – dedi Fir’avn.
– Bunday odamga qanday jazo bersa bo‘ladi? – deb so‘radi Jabroil alayhissalom.
– Uni suvga cho‘ktirish kerak, – deb javob berdi Fir’avn.
– U holda ana shu hukmni menga yozib ber, – dedi Jabroil alayhissalom.
Fir’avn o‘zining qarorini qog‘ozga yozib berdi va o‘sha zahoti Jabroil alayhissalom o‘sha joydan g‘oyib bo‘ldi.
Qur’oni karimda Alloh taolo Muso va Xorun alayhissalomlarga Fir’avnning oldiga borib unga:
– Ey Fir’avn! Sen to‘rt yuz yil yashading va hali ham hukmdorsan. Senga bular kam ko‘rinib, odamlarga o‘zingni iloh deb tanishtira boshlading. Sendan oldin yashagan dahriylar ham xuddi shunday qilgan edi. Sen shuni bilishing kerakki, to‘g‘ri yo‘lga tushib olishing uchun qirq yil umring qoldi. Agar sen Alloh taologa bir martagina “Sen mening Rabbimsan”, desang, Parvardigori olam sening barcha gunohlaringni kechib yuboradi. Umring esa yana ming yilga uzayadi. Rabbimiz senga yer osti xazinalari qayerda ekanini ma’lum qiladi va sen butun olam hukmdoriga aylanasan.
Bu gaplarni eshitgan Fir’avn ularga mehribonchiliklar ko‘rsatib, turli noz-ne’matlar bilan mehmon qildi.
Keyin esa:
– Menga ozgina fursat bering, shu masalada vazirim bilan bir maslahatlashib, uning fikrini ham bilayin, – deb izn so‘radi.
Fir’avn Muso alayhissalom aytgan gaplarni vaziri Homonga aytib undan maslahat so‘radi.
Uning gaplarini eshitgan Homon:
– Ey Fir’avn! Butun olam oyog‘ing ostida yotganda kimningdir bandasi bo‘lmoqchimisan? – dedi. u dedi, bu dedi, xullas, Fir’avnni Muso va Xorun alayhissalomlarning e’tiqodiga ergashishdan qaytarishga erishdi.
Shunday qilib, Fir’avn johillikda va kufrda qoldi hamda hayotining oxirgi yillarida xalqiga zulm o‘tkaza boshladi. Alloh taolo Fir’avn va uning qavmini halokatga uchratish haqida qaror qilganidan keyin Muso alayhissalomga:
– Bugun tunda o‘z xalqing bilan shahardan chiq! – deya amr qildi.
Muso alayhissalom Parvardigorning amriga muvofiq shaharni tashlab chiqdi. “Al-Kashshofiy”da aytilishicha, Muso alayhissalom o‘zining yetmish ikki oiladan iborat ummati bilan Misrga ko‘chib o‘tadi. Ularning avlodlari Misrni tashlab chiqqan vaqtda esa ularning soni olti yuzdan oshib ketgan edi. Fir’avn o‘zining bir millionlik qo‘shini bilan ularni ta’qib etadi. Jabroil alayhissalom Faras al-Hayat laqabli baytalni minib Fir’avn qo‘shinining oldida borar edi. Mikoil alayhissalom esa Fir’avn qo‘shinining ortidan kuzatib boradi. Isroil avlodlari:
– Fir’avn ortimizdan quvlab kelyapti, hademay yetib oladi, endi nima qilamiz? – deya vahimaga tushadi.
Alloh taolo Muso alayhissalomga:
– Qo‘lingdagi asongni suvga ur (Qizil dengiz)! – deb buyuradi. Muso alayhissalom asosini suvga urganda o‘n ikkita yo‘lak ochiladi. Isroil avlodlari ana shu yo‘laklardan dengizning narigi qirg‘og‘iga o‘tib oladi. Dengizdan o‘tayotgan choqda ular bir-birini ko‘rmaydi va juda qattiq qo‘rqadi. Alloh taolo ular bir-birini ko‘rishi uchun suvga ochiq bo‘lishni buyuradi. Suvda teshiklar paydo bo‘ladi. Undan keyin ular bir-biri bilan gaplashib yo‘lda davom etadi. Hech kim zarar ko‘rmasdan hammasi sog‘-salomat o‘tib oldi.
Alloh taolo Qur’oni karimda: “Sizlar sababli (o‘tib olishlaringiz uchun) dengizni (o‘n ikki yo‘lakka) bo‘lib, sizlarni qutqarganimiz, ko‘z o‘ngingizda Fir’avn lashkarini g‘arq qilganimizni ham eslangiz” (Baqara surasining 50-oyati), deya bizga bu voqeaning xabarini bergan.
“Tafsir al-Kabira”da quyidagicha izoh beriladi: “Fir’avn qo‘shini bilan dengiz qirg‘og‘iga yetib kelgan choqda ular suv ichida yo‘laklar paydo bo‘lganini ko‘radi. Shunda Fir’avn odamlariga qarata: “Ko‘rdinglarmi, suvdan men uchun o‘n ikkita yo‘lak ochildi”, deydi. U bilan kelganlarning barchasi unga ishonadi va qarshi tarafga o‘tmoqchi bo‘lib suvdagi yo‘laklarga kirib yura boshlaydi. Shu vaqt Iblis paydo bo‘lib, ularning suvga kirishiga xalaqit qilmoqchi bo‘ladi. Biroq Jabroil alayhissalom Fir’avnning otini suvga qarab sudraydi, Mikoil alayhissalom esa qo‘shinni orqasidan itara boshlaydi. Shunday qilib, Qizil dengizga birinchi bo‘lib Fir’avn, uning ortidan qo‘shini kiradi. Suvning ochiq joylari yopiladi va ularning hammasi halok bo‘ladi. Isroil avlodlari xatardan xoli bo‘ladi.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
– Fir’avn suvga g‘arq bo‘lishini bilganidan keyin: “Men Alloh taologa Isroil avlodlari ishongandek ishongan edim”, deydi.
Alloh taolo bunga javoban:”
– Sen har doim itoatsizlik qilar eding, o‘liming ko‘zingga ko‘rinib har tarafdan umid uzganingdan keyin iymonga kelib qoldingmi! Bu holatdagi iymon qabul qilinmaydi, – deydi.
Rivoyatlarga ko‘ra, Fir’avn iymon keltirganini yetmish marta aytib Jabroil alayhissalomdan yordam so‘ragan. Ammo Jabroil alayhissalom yordam bermagan. Alloh taolo Jabroil alayhissalomga: “Fir’avn sendan yetmish marta yordam so‘radi, agar Mendan bir martagina yordam so‘raganida darhol yordam bergan bo‘lar edim”, deydi. Fir’avn Jabroil alayhissalomdan yordam so‘raganida Jabroil alayhissalom unga bir vaqtlar o‘zi yozib bergan hukmni ko‘rsatadi. Fir’avn o‘lganidan so‘ng Muso alayhissalom shu haqda o‘z xalqiga gapirib beradi. Ammo Isroil avlodlari unga ishonmaydi.
– Yo‘q, u o‘lmagan, – deydi ular.
Shunda Alloh taolo suvga amr etadi va suv Fir’avnning shishib ketgan tanasini qirg‘oqqa chiqarib tashlaydi. Buni ko‘rib ular uning o‘lganiga ishonch hosil qiladi va sevinadi. O‘sha voqeadan boshlab cho‘kib o‘lganlarning jasadini suv qirg‘oqqa chiqarib tashlaydi.
“Anvarul oshiqiyn” kitobidan olindi.
Tarjimon
Ulug‘bek Rahmatullayev
Uchqo‘rg‘on tumani
Abdulhamid hoji Abdurahmon o‘g‘li
jome masjidi imom-xatibi
So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.
Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;
3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;
Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;
3 mahal mazali taomlar;
Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;
Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.
Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.
Murojaat uchun telefonlar:
Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858
Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457