Har yili dunyoning turli mamlakatlarida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan xalqaro Qur’oni karim musobaqalarida diyorimizdan yetishib chiqayotgan iqtidorli qorilarimiz yurtimiz vakili sifatida qatnashib kelmoqda. Yaqinda shu yilning 7-11 oktyabr kunlari Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligining Makkai mukarrama shahrida o‘tkazilgan 39-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki nafar vakilimiz – Toshkent islom instituti bitiruvchisi Saydullo qori Tohirov va “Ko‘kaldosh” islom bilim yurti talabasi Abdulbasir qori Kamolov ishtirok etib qaytishdi.
Mazkur musobaqada dunyodagi 70 dan ortiq davlatdan yetuk Qur’on hofizlari ishtirok etib, ular orasida vakillarimiz Qur’oni karimning to‘liq 30 porasini va 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida qatnashdi.
Musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda o‘tkazildi:
Ushbu yo‘nalishlardagi yuqori uch o‘rinni qo‘lga kiritgan qorilarga sovrinli mukofotlar topshirildi. Qorilarimiz o‘z yo‘nalishida g‘olib o‘rinlardan keyingi kuchli o‘ntalikdan o‘rin egallashdi.
Vakillarimizga musobaqadagi ishtiroki to‘g‘risida tashakkurnoma yorlig‘i taqdim etildi. Ular Saudiya Arabistoni safari davomida Makkai mukarramada umra ibodatini ado etishdi. Musobaqa tashkiliy hay’ati tomonidan Makkai mukarrama va Madinai munavvara shaharlaridagi muqaddas qadamjolarga ishtirokchilar uchun ziyorat uyushtirildi.
Xalqaro aloqalar bo‘limi
18.10.2017 yil
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Haqiqatda, imom Abu Hanifa Rasuli Mustafoga ergashgan sahobalaridan ba’zilarini ko‘rgan, uning ko‘rgani sahihdir va bu guruhning soni yetti nafardir va shu sabab sharafdir.
Anas, Jobir, Ma’qal ibn Yasor shuningdek, Vosila ibn Asqo’ – vafo egasi. Shuningdek, Abdulloh ibn Unays, u ibn Jaz’i deb ham tanilgan. Oisha bilan yakunlayman, udir binti Ajrad. Ular asrlarning eng yaxshisidan, poklik egalaridan edilar
Sharq muftiysi, Burhonuddin Ibrohim ibn Hasan Mulla Ahsoiy yozgan.
Izoh: Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh tobeinlardan hisoblanadilar. U zot: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as’hoblaridan yettitalari bilan ko‘rishdim. Ular: Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Jaz’i Zubaydiy. Jobir ibn Abdulloh, Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’, Oisha binti Umar va Abdulloh ibn Unaysdir”, deganlar.