2017 yil 16 oktyabr kuni Checheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” majmuasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmon dastlab “Hazrati Imom” jome masjidida peshin namozini ado etdi. Shundan so‘ng, “Mo‘yi muborak” muzey kutubxonasida saqlanayotgan “Usmon Mus'hafi”ni ziyorat qildi.
Ramzan Qodirov majmuaga tashrifi davomida otasi, Checheniston Respublikasi birinchi Prezidenti Ahmad Qodirov ta’lim olgan Toshkent islom institutiga tashrif buyurib, otasining kursdoshlari, institut o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Tashrif yakunida mehmon “Qaffoli Shoshiy” maqbarasini ziyorat qildi.
Tashrif tafsilotlarini keyin batafsil yoritamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati