Nabiy sollallohu alayhi vasallam suyukli sahobalaridan birini “Abu Hurayra – mushukchaning otasi” kunyasi bilan ataganlar.
***
Kabsha binti Ka’b roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
U kishi aytadilar:
“Abu Qatoda (uyimizga) kirdi. Unga tahorat suvi quyib berdim. Bas, bir mushuk kelib, undan ichdi. U esa idishni engashtirib, unga ichib olishi uchun tutdi. Bas, u o‘ziga nazar solayotganimni ko‘rdi va:
“Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?” dedi.
Men:
“Ha”, dedim.
U:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir”, deganlar, dedi” («Sunan» egalari rivoyat qilganlar).
Dinimizda mushukka alohida e’tibor beriladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir”, deganlar (“Sunan” egalari rivoyat qilganlar).
Quyida e’lon qilingan fotosuratlar ushbu hadisning tasdig‘idir. Insonlar haj amallarini bajarayotganda, namoz o‘qiyotganda, salqinlab dam olayotgan vaqtda va har qanday sharoitda to‘rt oyoqli muloyim hayvonlar har doim ularning yonida.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.
So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.