Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Yanvar, 2025   |   22 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:43
Peshin
12:40
Asr
15:46
Shom
17:30
Xufton
18:47
Bismillah
22 Yanvar, 2025, 22 Rajab, 1446

Jan Kristof Posel: “O‘zbekistonning imomlar mahoratini oshirish tajribasidan o‘rnak olish kerak”

10.10.2017   5649   1 min.
Jan Kristof Posel: “O‘zbekistonning imomlar mahoratini oshirish tajribasidan o‘rnak olish kerak”

2017 yilning 9 oktyabr kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jan Kristof Posel O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Mehmonga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim va elchixona maslahatchisi Alena Granda xonim hamrohlik qildi.

Mehmonlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov kutib oldi.

Uchrashuvda yurtimizdagi masjidlar, diniy ta’lim muassasalari va haj – umra safarlarini tashkil etish haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi 16 ta diniy konfessiyalar, ularning faoliyati, 2 ta noislomiy seminariyalar, cherkov va boshqa ibodatxonalar mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shu bilan birga yurtimizda so‘ngi yillarda sohada olib borilayotgan islohotlar, buning natijasida Prezidentimiz tashabbuslari bilan turli ilmiy maktablar, Islom sivilizatsiyasi markazining  tashkil etilishi kabilar ham aytib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga muftiy hazratlari tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

17.01.2025   7216   1 min.
Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

Cavol: Namoz o‘qiyotganimda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi. Namozim nima bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Fiqhiy qoidalarga ko‘ra namozda berkilishi shart bo‘lgan a’zolardan birining to‘rtdan bir va undan ko‘p qismi uch tasbeh (Subhanalloh) aytish muddaticha ochiq tursa, namoz buziladi. Agar uch tasbeh aytish muddatiga yetmasdan, bir qo‘lda yengil harakat bilan yopib olsa, namoz buzilmaydi. Sizdagi holat ham mana shu hukmga tushadi. Bu holatda ro‘molning o‘zi tushib ketishi yoki kimningdir tushirib yuborishi o‘rtasida farq yo‘q (“Muxtasar fil fiqhil hanafiy”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.