Shu yilning 7-11 oktyabr kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligining Makkai mukarrama shahrida XXXIX Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi. Vakillarimizdan Toshkent islom instituti bitiruvchisi Saydulloh qori Tohirov va “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abdulbasir qori Kamolov mazkur musobaqada ishtirok etish uchun 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishdi.
Ushbu musobaqada 50 dan ortiq davlatdan kelgan, 200 ga yaqin qorilar ishtirok etadi. Musobaqa shartlari quyidagilardan iborat:
Vakillarimiz musobaqaning 2 va 3 shartlari bo‘yicha ishtirok etadi.
Shuningdek, shu yilning 7 – 9 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida XVIII Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Har yili dunyoning sharq va g‘arb mamlakatlari vakillari ushbu musobaqada ishtirok etib kelmoqda. Hozirda mazkur musobaqada qatnashish uchun 32 ta mamlakat vakillari tashrif buyurishdi. Quvonarli jihati shundaki, ushbu musobaqada yurtimiz vakili Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Hazrati Umar” jome masjidi imomi noibi Azimboyev Valixon qori ham qatnashadi. Vakilimiz so‘ziga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan XVIII Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi shartlari Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan o‘qish va uni chiroyli talaffuz qilishdan iborat. Qorilarimizga mazkur xalqaro nufuzli musobaqalarda oliy o‘rinlarni egallashini Allohdan so‘rab qolamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi,
A.Parpiyev
Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqelarni yoritishda davom etayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Xususan, ushbu mamlakatdagi ommabop "Sahm News" elektron nashrida O‘zbekiston 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilishi haqidagi ma’lumotni tarqatdi.
"O‘zbekistonning Samarqand shahri 2026 yilgi Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilish uchun tanlandi. Assambleya Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish platformasiga aylanishi kutilmoqda", – deyilgan materialda.
Qayd etilishicha, 2026 yilda Samarqand shahrida Global ekologik fondning sakkizinchi yig‘ilishi va Global ekologik fond kengashining yetmish birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Bu qaror AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Kengashning oltmish to‘qqizinchi yig‘ilishida qabul qilindi", deya urg‘ulangan maqolada.
Saudiyaning yetakchi "Watan News" nashri esa O‘zbekiston Prezidentining yaqin kelajakda Bryusselga tashrif buyurishi haqida yozdi. "Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Tobgo Klan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumda ma’lum qildi", deya ta’kidlangan manbada.
"Bunday tashrif tarixiy voqea hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun noyob imkoniyat yaratadi", – deya Tobgo Klan fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati