Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Toshkent islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga qabul e’lon qilindi

30.09.2017   13240   1 min.
Toshkent islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga qabul e’lon qilindi

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod masjidlarni oliy diniy ma’lumotga ega imom-xatiblar bilan ta’minlash maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi.

Sirtqi bo‘limga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan, besh yil va undan ortiq muddat davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida masjidlarda imom-xatib vazifasida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

 

Abituriyentlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. O‘rta maxsus islom bilim yurtini tugatganligi haqidagi hujjat (diplom)ning asl nusxasi;
  3. 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  4. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
  5. 6 dona rangli fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
  6. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
  7. Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;
  8. Abituriyent ishlab turgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar) bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining vakilidan tavsiyanoma.

2017-2018 o‘quv yili uchun Maxsus sirtqi bo‘limga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2017 yilning 2 oktyabridan 10 oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlarining o‘quv dasturlari asosida fiqh, aqoid va arab tili fanlari bo‘yicha og‘zaki ijodiy imtihon topshiradi. O‘qish muddati 3 yil.

 

Murojaat uchun telefon raqamlari: 227-42-37, 240-03-58

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohning mehribonligi

07.05.2025   525   1 min.
Allohning mehribonligi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim bir yaxshilikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni O‘z huzurida unga o‘nta yaxshilikdan yetti yuz baravargacha qilib, undan ham bir necha baravar ko‘p qilib yozadi. Kim bir yomonlikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni unga birgina yomonlik deb yozadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar