Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod masjidlarni oliy diniy ma’lumotga ega imom-xatiblar bilan ta’minlash maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi.
Sirtqi bo‘limga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan, besh yil va undan ortiq muddat davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida masjidlarda imom-xatib vazifasida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Abituriyentlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
2017-2018 o‘quv yili uchun Maxsus sirtqi bo‘limga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2017 yilning 2 oktyabridan 10 oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Abituriyentlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlarining o‘quv dasturlari asosida fiqh, aqoid va arab tili fanlari bo‘yicha og‘zaki ijodiy imtihon topshiradi. O‘qish muddati 3 yil.
Murojaat uchun telefon raqamlari: 227-42-37, 240-03-58
O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati
Yurtimizda yana bir masjid qayta barpo etiladi, inshaalloh. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyat vakili Xayrulla domla Abdullayev yangi loyihada barpo etiladigan masjidning poydevoriga ezgu niyat va xayrli duolar bilan tamal toshini qo‘ydi.
Bunyod etilayotgan masjid Xorazm me’morchilik an’analari asosida zamonaviy talablar uyg‘unligida quriladi. U 700 ga yaqin namozxonga mo‘ljallangan.
Tadbirda Qo‘shko‘pir tuman hokimi Shuhrat Ahmedov, tuman bosh imom-xatibi Mansurjon domla Mansurov, imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari va homiylar ishtirok etdi.
Zamaxshariy.uz