Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Sajda ila najot topguvchidirmiz…

27.09.2017   6540   2 min.
Sajda ila najot topguvchidirmiz…

Ba’zida biror qiyinchilikka uchrasak, nima qilishni bilmay qolamiz yoki folbinga yuguramiz. Buning yechimi boshqa ekanini unutib qo‘yamiz.

Alloh taolo o‘z kalomi bo‘lmish Qur’oni karimda bunday deydi: «Yo‘q! (Ey, Muhammad) … Siz (yolg‘iz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin bo‘ling!» (Alaq, 19)

Bu oyatning mazmunini qarangki, Allohga sajda qilgan har bir inson Unga yaqinlashib borar ekan. Shuning uchun ham ulamolar “Sajdada uzoq vaqt bo‘l», deb ta’kidlashadi.

Alloh yana aytadiki: «Kechaning bir qismida ham Unga sajda qiling va uzun tunda unga tasbeh ayting!» (Inson, 26)

Oyati karimadan kechaning bir qismi ibodat va sajda uchun qulay vaqt ekani ayon bo‘ladi.

Ana shu amal barcha muammolar yechimidir. Ba’zida biror muammoni hal qilish uchun o‘ylab bahs qilib ketaveramiz. Buning yechimi esa sajda ekanini unutib qo‘yamiz.

Bir o‘ylab ko‘ring, biror bir muammoning yechimini topa olmadingizmi? Mahzunmisiz yo betob bo‘lib qoldingizmi?..

 Har bir mushkulotning yechimi – Allohga sajda qilib, najot so‘ramoqdir.

Bilib-bilmasdan qilgan gunohlarimiz mavjud ekani haqida o‘yga tolamizmi? U holda darrov sajda qilaylik. Chunki Parvardigorning o‘zi: «Kechaning bir qismida ham Unga sajda qiling va uzun tunda unga tasbeh ayting!» (Inson, 26), deya amr etyapti.

Beixtiyor aytamizki, ixlos ila qilingan sajda bilan biz jannatda yuqori darajalarga erishimiz mumkin. Shuning uchun bu oddiy yechimdan qochmasdan, sajdada qoim bo‘laylik.

Alloh taolo Qur’oni karimda mushriklardan ozor chekayotgan Rasuliga bunday deydi:

«Shaksiz, Biz ularning (Sizni masxara qilib) aytayotgan so‘zlaridan dilingiz siqilishini bilurmiz. Bas, Siz Rabbingizga hamd bilan Unga tasbeh ayting va sajda qiluvchilardan bo‘ling! (Shuningdek), to Sizga aniq narsa (o‘lim) kelguncha Rabbingizga ibodat qilavering!» (Hijr, 97-99).

Alloh o‘z Rasuliga shunday yo‘lni tavsiya etayotgan ekan, biz ham o‘z hayotimizda sajda orqali najot topishimizni unutib qo‘ymaylik! 

 Baxtiyor ABDULLAYEV,   

O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

8.01.2025   2054   1 min.
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.


Bugun, 8 yanvar kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, haj-umra, oilaviy masalalar va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.


Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida