frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Hojilarimiz ibodatni davom ettirmoqda

24.08.2017   12589   1 min.
Hojilarimiz ibodatni davom ettirmoqda

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Makkai mukarramadagi Haramda yuz bergan fojea videosi keng tarqalmoqda. Video tasvirda Haramning yuqori qavatidan bir ayol pastga tushib ketgan va unga birinchi yordam  ko‘rsatayotganlar orasida o‘zbekistonlik ziyoratchi ham ko‘ringan. Shu sababli yiqilgan ayol ham o‘zbekistonlik ziyoratchilardan biri degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan.

Fojea 22 avgust, seshanba kuni yuz bergan edi.

O‘zbekiston ishchi guruhi mazkur masalani atroflicha o‘rgandi. O‘zbekistondan kelgan ziyoratchilar sog‘-salomat holda ibodatlarini davom ettirmoqda.

Haram xavfsizlik xizmati yiqilgan ayol efiopiyalik ziyoratchilardan ekanini aniqladi.

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

14.08.2026   29228   1 min.
Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida    «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati