Hurmatli muxlislar! Endi haftaning har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar olib boriladi. Ushbu darslarni taniqli ulamolar va Toshkent islom institutining mahoratli ustozlari o‘tkazishadi. Agar Sizda mavzu yuzasidan qandaydir savollar bo‘lsa, ularni oldindan telegramdagi “@MuslimUzAdmin1Bot”ga yuborishingiz yoki dars jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri berishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu onlayn darslarni quyidagi ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin:
Facebook: https://www.facebook.com/muslimuzportal/
Instagram: https://www.instagram.com/muslimuzportali/
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ
Bugun soat 15:00 da fiqh va 16:00 da hadis fanlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri darslar bo‘lib o‘tadi, barchani onlayn kuzatib, o‘z bilim saviyalarini oshirishlarini tavsiya etamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
axborot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik, shunda biroz jim turib qoldilar-da, so‘ng tabassum ila boshlarini ko‘tardilar. Biz: "Sizni nima kuldirdi, yo Allohning Rasuli?", dedik. "Menga hozirgina bir sura tushirildi", deb: "Bismillahir rohmanir rohiym. Innaa a’toynakal Kavsar" surasini qiroat qildilar. So‘ngra: "Kavsar nimaligini bilasizlarmi?" dedilar. "Alloh va Uning Rasuli biluvchiroqdir", dedik. "U Robbim azza va jalla menga va’da qilgan daryodir. Unda ko‘p yaxshilik bordir. U qiyomat kuni ummatim kelib huzurimda suv ichadigan hovuzdir. Uning idishlari yulduzlar adadicha".