frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

“Haj-2017” mavsumi ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

23.07.2017   10010   1 min.
“Haj-2017” mavsumi  ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

22 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘.Hasanboyev, O‘MI raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, O‘MI raisi o‘rinbosari I. Inomov, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A.Shakirov va “Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat qiluvchi ishchi guruhi, tibbiyot guruhi hamda oshpazlar guruhi ishtirok etishdi.

Tadbirda ishchi guruhi  tomonidan rioya etiladigan qonun-qoidalar, ularning burch va mas’uliyatlari, haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ishchi guruhiga taalluqli bo‘lgan jihatlari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham ma’lumot berildi.   

Tadbir yakunida mutasaddilar guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   16750   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari