Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyul, 2025   |   24 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:06
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:56
Xufton
21:27
Bismillah
19 Iyul, 2025, 24 Muharram, 1447

Qur’onni tadabbur ila o‘qishning foydasi

13.07.2017   13703   8 min.
Qur’onni tadabbur ila  o‘qishning foydasi

Qur’oni karimni tilovat qilish natijasida o‘quvchi kishiga dunyo va oxiratda juda ham ko‘plab foydalar bor. Biroq, mana shu foydalarni yana ham ko‘proq va unumliroq qiladigan bir amal mavjud. Bu tadabbur ila qiroat qilmoqdir. Qur’oni karimni tadabbur ila o‘qishda kishiga ko‘plab foydalar bo‘lib, ularni bayon qilishdan oldin tadabbur ila qiroat qilish nima ekanligini keltirib o‘tsak.

 Tadabbur – biror narsa haqida fikr yuritmoq, mulohaza qilmoq deganidir. Qur’oni karimni qiroat qilishda esa Qur’oni karimdagi oyatlar borasida fikr yuritib, aql-idrok qodir bo‘lgan darajada oyatlardagi Alloh taoloning murodini anglamoq va fahmlamoqdir.

Endi esa tadabbur tufayli paydo bo‘ladigan foydalarning eng afzallarini bayon qilamiz:

  1. Tadabbur ila Qur’on o‘qish - Iymon shohtomirlarini baquvvat qiladi. Qur’oni karim oyatlarini tadabbur qilish mo‘min kishini bu kitob haqiqatda Alloh taoloning huzuridan nozil qilinganiga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi. Negaki, tadabbur ila o‘quvchi Qur’on oyatlari ichida xoh lafzlarda, xoh tugallangan ma’nolarda bo‘lsin bir-biriga muxolifini topa olmagach, oyatlarning mukammalligidan birisi o‘rniga boshqasini, yoki biror lafzni o‘zini almashtirish mumkin bo‘lmaganidan albatta, bu kitob yakkayu yagona Alloh taoloning nozil qilgani ekanligiga yana ham ishonchi ortadi. Demak, Qur’oni karimdagi:

 أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآَنَ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِنْدِ غَيْرِ اللَّهِ لَوَجَدُوا فِيهِ اخْتِلَافًا كَثِيرًا 

Qur’on (oyatlarining ma’nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan o‘zganing huzuridan (kelgan) bo‘lsa edi, unda ko‘pgina qarama-qarshi gaplarni topgan bo‘lur edilar. (Niso surasi, 82 oyat), deb ta’riflanganiga yana bir bor inonib, iqror bo‘ladi. Mana shu ishonch  Alloh taoloning:

 قُلْ نَزَّلَهُ رُوحُ الْقُدُسِ مِنْ رَبِّكَ بِالْحَقِّ لِيُثَبِّتَ الَّذِينَ آَمَنُوا وَهُدًى وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ 

(Ey, Muhammad! Ularga) uni (ya’ni Qur’onni) Ruhul-Qudus (Jabroil) Rabbingiz (tarafi)dan iymon keltirganlarni (dinda) sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat bo‘lgan holida barhaq nozil qilganini (ularga) aytib qo‘ying! (Nahl surasi, 102 oyat), deb nozil qilgan oyatidagi iymonning sabotini ro‘yobga chiqaradi. Mana, o‘n to‘rt asr  o‘tayotgan bo‘lsada, ilohiy mo‘jiza – Qur’oni karim oyatlarida keltirilgan ma’lumotlarda birorta xato  jumla topilgani yo‘q, topilmaydi ham. Falakiyot, koinot, hayvonot, nabotot, ilohiyot va tabiiyotga doir oyatlarning naqadar to‘g‘ri ifoda etilgani kun sayin o‘z tasdig‘ini topib kelayotir.

 

  1. Tadabbur ila Qur’on o‘qish - Alloh taoloni tanitadi. Insoniyat yaratilibdiki o‘zi, atrofidagi borliq, ularni Yaratgan Zot haqida bilishni, tanishni xohlaydi. Qur’oni karim esa mana shu narsalarga javob beradi. Atrof, borliq yaratilishi haqida xabar beradi. Butun olamlar Parvardigorining zoti, ismlari va sifatlari haqida bayon qiladi. Nimalar U Zotga xos ekani, U Zot nimalardan pok va munazzah ekanligini o‘rgatadi. Bandalarning O‘z Robbilari oldidagi vazifalarini, U Zotga bog‘lanish yo‘llarini va U Zotga yaqin kishilar sifatlarini ko‘rsatib beradi.
  2. Tadabbur ila Qur’on o‘qish - Alloh taologa bandalik qilishni shakllantiradi. Qur’oni karimni tadabbur ila qiroat qilish Alloh taolo bizdan nimalarni xohlagani va bizlarga nimani nozil qilganini bilishimiz uchun eng yaxshi vosita va eng ishonchli yo‘l ko‘rsatuvchidir. Chunki, Qur’oni karim bandalar bajarishi lozim bo‘lgan shariatning asosidir. Shu asosga ko‘ra banda buyruqlarga amal qilish, qaytariqlardan saqlanish amaliyotini shakllantirib boradi.
  3. Tadabbur ila Qur’on o‘qish - Musulmon kishiga barcha ishlarini Alloh taolo buyurganidek amalga oshirishga undaydi, namozida ham namozdan tashqarida ham Alloh taoloning huzurida turgandagidek bo‘lishni shakllantiradi. Musulmon bo‘lmaganlarga esa, agar insofli, adolatli bo‘lsa, iymon va islom ne’matini hadya etadi.
  4. Tadabbur ila Qur’on o‘qish - Qalblarni va barcha borliqni isloh qiladi. Qalbdagi iymon, ishonch urug‘lari tadabbur suvi ila sug‘orilsa kurtak ochishga, o‘sib, baquvvat ildiz olishga hamda hosil qilishga olib keladi. Bu urug‘ni o‘sishdan to‘xtatishga urinadigan turli xil shaytoniy, shahvoniy vasvasalarni o‘chiradi, tozalaydi. Alloh taolo:

 يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَتْكُمْ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَشِفَاءٌ لِمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ 

Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk va boshqa illatlar)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi (Yunus surasi, 57 oyat), deya lutf etgan. Darhaqiqat, Qur’on oyatlarida keltirilgan va’z-nasihat, eslatma, amr va nahylar unga amal qiluvchilarga moddiy va ma’naviy jihatdan foydalidir. Ayniqsa, dillaridagi buzuq aqidalar, salbiy illatlar tuzatilar ekan, insonning diniy va dunyoviy ishlari o‘z-o‘zidan izga tushib, ikki dunyo saodatiga erishish imkoniyati tug‘iladi. Buning uchun faqat chin iymon va to‘g‘ri e’tiqod bo‘lishi zarur. Bu esa, oyatda aytilganidek barcha qalbiy razilliklarga shifo bo‘ladi.

  1. Tadabbur ila Qur’on o‘qish - Ozuqa, shifo va himoya-qalqondir. Qur’oni karimni tadabbur va ixlos bilan o‘qishlik ila inson ko‘zlagan maqsadiga yetadi. Och bo‘lsa qorni to‘yadi, bemor bo‘lsa shifo topadi, himoyaga muhtoj bo‘lsa Allohning O‘zi uni O‘z himoyasiga oladi. Eng kuchli ruhiy ozuqa ham Qur’onni tadabbur ila qiroat qilish ila bo‘ladi. Alloh taolo O‘z kalomi sharifida “” (Isro,82 ) deydi. Boshqa bir oyati karimada esa “” (fussilat, 44) deb xushxabar beradi.
  2. Tadabbur ila Qur’on o‘qish - Aqllarni o‘stiradi. Qur’oni karimdagi ko‘plab oyati karimalarda Alloh taolo nozil qilgan narsalar borasida tadabbur qilish, aql ishlatish, fikr yuritish haqida buyurilgan. Mazkur ish aql, inson ongi uchun eng foydali mashg‘ulot hamdir. Chunki, inson aqli va ongi mana shu narsalar bilan charxlanishi, yanada o‘tkirlanishini zamonaviy ilm-fan ham isbotlagan. Bu uslub xotirani mustahkamlashda ham ulkan ahamiyat kasb etadi.

Bulardan tashqari Qur’oni karimdagi oyatlar borasida tadabbur qilish insonlardagi mulohaza qilish, holatlarni to‘la ilg‘ay olish kabi xususiyatlarni o‘stiradi. Fikrlarni teran va ravshanlashtiradi. Kishi dunyoqarashini, atrofdagi narsalarga boshqacha nigoh ila qarashni o‘rgatadi. Natijada, kishi borliq, insoniyat va boshqa narsalar haqida tasavvur va bilim hosil qiladi. Bu haqiqatdan eng yaxshi manfaat bo‘ladi. Zero, Qur’oni karimda bejizga:

 أَمْ مَنْ هُوَ قَانِتٌ آَنَاءَ اللَّيْلِ سَاجِدًا وَقَائِمًا يَحْذَرُ الْآَخِرَةَ وَيَرْجُو رَحْمَةَ رَبِّهِ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ 

Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi,  oxiratdan qo‘rqadigan va Parvadigorining rahmatidan umid qiladigankishi (bilan boshqalar barobarmi?!) Ayting:Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?! Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar (Zumar surasi, 9 oyat) deyilmagan. Ya’ni olimlar bilan johil (ilmsiz)lar ma’rifatda yoki mo‘minlar bilan 

kofirlar savob va toatda yoxud payg‘ambarni tasdiq etuvchilar bilan  uni  inkor  etuvchilar  Allohning huzurida teng bo‘lmaydilar. Ya’ni jazo va mukofotda farq bo‘ladi.

Alloh taolo barchalarimizni  O‘zining kalomi bo‘lmish Qur’oni karimga  muhabbatli, unga rioya etadigan va tadabbur ila qiroat qiladigan bandalardan aylasin.   

Jaloliddin Hamroqulov

TII “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri,

“Novza” jome masjidi imom xatibi

Boshqa maqolalar

Yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanishi e’lon qilindi

18.07.2025   4719   2 min.
Yangi umra mavsumi  2025 yil avgust oyidan boshlanishi e’lon qilindi

#xabar #umra #rasmiy #avgust
 So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.


 30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.


 Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:


 “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;


  3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;


 Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;


 Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;


 3 mahal mazali taomlar;


  Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;


 Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;


 Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.


 Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.


  Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.


 Murojaat uchun telefonlar:

Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858


Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil  +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457


Haj va umra markazi:
Instagram (https://instagram.com/haj_umrauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) Telegram (https://t.me/hajumrauz)