Arablarning Ramazon shirinligi – “Qatayif” haqida bilasizmi?
Qatayif sharqona va arab shirinliklarining Ramazon oyida eyiladigan eng mashhuridir.
Qatayifni Livan, Misr va Tunisda ko'pincha iftorlikdan keyin, ba'zilar iftor paytida, Falastin aholisi esa iftordan oldin iste'mol qiladi.
Qatayifning kelib chiqishi tarixi Abbosiylar va Ummaviylar davriga borib taqaladi. Uni Ummaviylar xalifasi Sulaymon ibn Abdulmalik birinchi bo'lib iste'mol qilgan (98-hijriy sana).
Muborak oyning boshlanishi bilan Misrning mashhur mahallalari Qatayif tayyorlashni boshlaydi. U oq doiralari issiq metall yuzasida pishirilib, tayyor holda sotiladi. Ular asosan quyosh botishidan oldin iftorlik vaqtida sotiladi.
Misrda odatda Qatayif yong'oq va mayiz solingan yog'da qovuriladi, so'ng to'g'ridan-to'g'ri siropga (sorbet) solinadi. Bir necha daqiqa dam oldirilib, so'ng issiq holda tortiq qilinadi. Ko'pincha u ko'pirtirilgan qaymoq va yong'oqlar bilan bezatiladi.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi 104-maktabda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida "Qipchoq" va "Saxovat" MFYda istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jaholatning jamiyat rivojiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning esa inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Islom dinining asl insonparvarlik tamoyillari, ilm va adolatga chaqiruvchi mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onaga hurmat va ularga xizmat qilishning fazilati, farzand tarbiyasidagi ma’rifat va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
t.me/marifiymarkaz