Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonga yetib bordi

11.07.2017   6289   2 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonga yetib bordi

Avval xabar berilganidek, Ozarbayjonga xizmat safariga jo‘nab ketgan O‘zbekiston delegatsiyasi Boku shahriga yetib bordi.

Boku xalqaro aeroportida vakillarimizni Ozarbayjon Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Qurbonali Muboriz va Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayx-ul-Islom Ollohshukur Poshshozoda kutib oldi.

Safar avvalida vakillarimiz Ozarbayjonning marhum Prezidenti Gaydar Aliyev qabrini ziyorat qildilar va uning xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

Shundan so‘ng, delegatsiyamizni Ozarbayjon Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Q.Muboriz qabul qildi. Uchrashuvda O.Yusupov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, bu tashrif diniy sohada ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga umid bildirdi.

Uchrashuvda Q.Muboriz so‘z olib, O.Yusupov va muftiy hazratlarini Ozarbayjonga tashrifi bilan yana bir bor qutladi. U so‘zida davom etib - O‘zbekiston qadim qadimdan ilm beshigi bo‘lgani, Ozarbayjonning ko‘plab ahli ilmlari, xususan, Ollohshukur Poshshozoda kabi allomalarning  O‘zbekistondagi diniy madrasalarda ilm olganini alohida ta’kidladi va O‘zbekistonda diniy sohalarda qilingan ishlar va amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Q.Muboriz o‘z so‘zida davom etib, Ozarbayjon boshqa sohalarda bo‘lgani kabi diniy sohada ham O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish tarafdori, xususan, dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirdi.    

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik izhor qilib, esdalik sovg‘alari almashdilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xalqaro aloqalar bo‘limi 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishning zararlari

20.12.2024   39607   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati