Sayt test holatida ishlamoqda!
20 May, 2025   |   22 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:23
Quyosh
05:00
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:43
Xufton
21:14
Bismillah
20 May, 2025, 22 Zulqa`da, 1446

Hayit shukuhi

27.06.2017   102387   2 min.
Hayit shukuhi

    Bolaligim xotiralari

Eslayman. Yosh bola edik. Opa-singillar, qo‘shni hamtenglar – hammamiz bolalik o‘yinlarining birortasini begona qilmaganmiz. Har bir bayramni-ku asti so‘ramang. Bir-ikki hafta oldin kiyimlar oldirib, yoki onajonimizga tiktirib, har kuni kamida 2-3 marta ko‘ylaklarimizni kiyib ko‘rib, rosa zavqlanardik: shodligimizning cheki bo‘lmasdi. Ayniqsa, hayit bayramlarining shukuhi o‘zgacha edi. Xonadonimizning kattalari bizni pul, shirinliklar, har xil sovg‘a-salomlar bilan siylashardi. O‘sha kuni onamning onalari – Zulfin momomning tashriflari bir quvonchimizga o‘n quvonch qo‘shardi. Boshlarida yengli jelak bo‘lardi,  uni qand-qursga to‘ldirib kelardilar. Muzqaymoq olib yenglar, deb pul ham berardilar rahmatli momojonim. Kechqurun katta so‘rida joy hozirlab, bayramona dasturxon tuzalardi. Hammamiz dasturxon atrofida o‘tirib, tansiq taomlar tanovul qilib, momom aytgan ramazon va qurbon hayiti she’rlarini miriqib tinglardik. Mana o‘sha she’rlardan esimda qolganlari:

Mohi Ramazon,

Aziz,  jonajon.

Sen kelganing on,

Quvonch bir jahon.

Yilda bir emas,

Ko‘proq kelsayding.

Bizga yoqishing,

Koshki bilsayding.

Mohi Ramazon,

Aziz, jonajon.

Qurbon hayitiga atalgan mana bu she’r ham hamon yodimda:

Qurbon hayit, qurbon hayit,

Dasturxoni to‘kin bu iyd.

Yo‘qlovlaring yana boyit,

Yuraklardan g‘amni arit,

Qurbon hayit, qurbon hayit.

Momojonimning tillaridan to‘kilgan bu durlar xalq og‘zaki ijodidanmi yoki o‘zlarining ijodlaridanmi bilmadimu, bu misralar xotiramda bir umrga muhrlanib qolgan.

Yillar o‘tdi. Kattarganimda negadir bu bayramni nishonlamay, sayllarga chiqmay qo‘ydik. Sababi esa ayon.

Istiqlol bizga o‘sha – bolalik shodliklarimizni qaytarib berdi. Bolalarimga, nabiramga hayitlik ulashar ekanman, ko‘nglimda o‘sha orziqish, o‘sha xotirotlar qayta tiklanadi. Ilohim, mening yuragimda yashayotgan hayit shukuhi endi farzandlarim, nabiralarim qalbida o‘zining baland bo‘yini ko‘rsatsin.

                                                                                Zebo OMONOVA

 

 

Ramazon
Boshqa maqolalar

Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi

15.05.2025   7991   1 min.
Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi

Ayol-qizlarning har tomonlama bilim egallashi har bir davrda dolzarb hisoblangan. Zero, ular ertaning egalari bo‘lgan kelajak avlodning tarbiyachilaridir. 
 

Shahrimizdagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti bugungi kunda muhim ahamiyatga ega dargoh hisoblanadi. 


Bugun, 15-may Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurib, ilm olayotgan qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.

Tadbir yakunida islom bilim yurti uchun konditsioner va elektrodoska taqdim etildi. Yaxshi tilaklar va xayrli duolar bilan uchrashuv yakunlandi.

MuslimShosh.uz

 

Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi Bosh imom “Xadichai kubro” madrasasida bo‘ldi