Yurtimizdagi barcha masjidlarda hayit namozini o‘qish vaqtlari belgilandi. Jumladan, Toshkent shahridagi masjidlarda hayit namozi 2017 yil 26 iyun, dushanba kuni ertalabki soat 05:05 da o‘qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi.
Yuqoridagi videolavhada hayit namozini o‘qish tartiblarini yana bir bor eslashingiz mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
Namozxon tik turganida ko‘zini sajda qiladigan joyiga, rukusida oyoq barmoqlariga, sajdasida burnining uchiga, o‘tirganida bag‘riga, birinchi salomida o‘ng yelkasiga, ikkinchi salomida chap yelkasiga qaratib o‘tirishi mustahab hisoblanadi.
Namozda ko‘zlar yumilmaydi, osmonga qaralmaydi va har tomonga alanglab ko‘z tashlanmaydi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Namoz ichida har tarafga qarashdan saqlaninglar, chunki kishi modomiki namoz ichida bo‘lar ekan, Robbiga munojot qiladi” (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD