Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Dekabr, 2024   |   30 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:49
Peshin
12:31
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:26
Bismillah
30 Dekabr, 2024, 30 Jumadul soni, 1446

Ro‘zador ayollar uchun makruh amallar

22.06.2017   105446   4 min.
Ro‘zador ayollar uchun makruh amallar

Mag‘firat va barokat  oyi  bo‘lmish ramazon farovon yurtimiz bo‘ylab o‘z shukuhini ko‘rsatmoqda. Xalqimizning yuzlaridagi mamnuniyat, bir-birlariga ehsonlar ulashishlaridagi shijoatlarining yanada ziyoda bo‘lganligi buning yaqqol dalilidir. Xalqimiz ramazon oyida qilingan har bir yaxshilikning savobi bir necha barobar ko‘paytirib berilishiga umid qilgan holda harakat qilmoqdalar. Onalarimiz, opa-singillarimizning  o‘zlari  ro‘zador bo‘la turib iftorlik va saharliklarga turli taomlar tayyorlashlari albatta tahsinga loyiqdir. Ammo ba’zi hollarda, taom tayyorlash asnosida ularning ovqatning tuzini bilishlik uchun tatib ko‘rayotganliklariga guvoh bo‘lib qolamiz. “Siz ro‘zadorsizku!” - degan gapimizga - “Tatib ko‘rsa hech narsa qilmaydi...” - degan javobni olamiz.To‘g‘ri, ro‘za taom tatib ko‘rganlik  sababli ochilib ketmaydi, ammo bu makruh  hisoblanadi.

Izoh: Makruh - ma’n qilingan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi. Qilgan kishi gunohkor bo‘ladi.

Shu sababdan ro‘zador kishiga makruh bo‘ladigan ishlarga alohida

to‘xtalishni lozim deb bildik. Bu hususda fiqhiy manbalarda yozilgan hukmlarni keltirmoqchimiz.

  1. “Ro‘zador biror narsaning mazasini tatib ko‘rishi yoki chaynashi

makruhdir”.[1]  Bu holatlarda narsalar ichkariga ketib qolib ro‘zani buzish havfi bordir. Yana boshqa insonlar ko‘rib ro‘za tutmagan ekan degan gumonga borib qolishlari mumkin. Rosululloh sallollohu alayhi va sallam: “Kim Allohga va ohirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, tuhmat maqomlariga yaqinlashmasin” - deganlar. Demakki bunday holatlardan o‘zimizni ehtiyot qilishimiz kerak bo‘ladi.

  1. “Faqatgina, yosh bolaga zarurat yuzasidan ovqat chaynab berish makruh emas”. Bu hukm biroz sharhni talab qiladi. Agar onani suti farzandini to‘ydirishga yetarli bo‘lmasa, yosh bolaning och qolish ehtimoli kuchli bo‘lsa, shu holatdagina ona chaynab berishiga ruhsat beriladi.[2] Bu vaziyatda ichkariga taomni ketib qolishidan ehtiyot bo‘lish zarur. So‘ng og‘izni suv bilan chayib yuborish tavsiya qilinadi.
  2. “Ro‘zadorga o‘pish - agar ortidan biror narsa bo‘lish havfi bo‘lsa makruhdir.” Bunga quchoqlashish, ushlash kabi shahvatni qo‘ziydigan barcha ishlar kiradi. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir odam Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan ro‘zadorning quchoqlashishi haqida so‘radi.Unga ruhsat berdilar. Boshqa birov u zotning huzurlariga kelib so‘ragan edi, uni qaytardilar. Qaralsa,U zot ruxsat bergan kishi chol ekan,qaytargan shaxs esa yigit ekan”. (Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyat qilgan)[3].

Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam ba’zi shar’iy hukmlarni bayon qilishda kishilarning shaxsini ham e’tiborga olganlari ko‘rinib turibdi. Qari chol kampirini quchoqlagani bilan ro‘zasiga putur yetadigan darajada shahvati qo‘zg‘almasligi aniq. Yosh yigit esa bu ishi bilan ro‘zasi ochiladigan darajaga yetishi turgan gap. Demak, ro‘zadorning bu boradagi hukmi uning holiga qarab beriladi.

Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘zador hollarida o‘par va quchoqlar edilar.U zot ichingizda eng shahvatiga molik edilar”. Demak bu masalada shahvatga molik bo‘lish asosiy me’yor ekan.

Abu Hanifa rahmatullohu alayhning shogirdlari Imom Muhammad: “O‘pishlik mutloq makruhdir. Chunki bu fitnadan holi emasdir. Ya’ni bu shahvatga olib boruvchi yo‘ldir”, deganlar.[4]

Xulosa qilib aytganda, ro‘zador odam ro‘zasini ochilib ketishiga olib boruvchi har qanday shubha va ro‘zaga shikast yetkazadigan ishlarni qilmasligi ma’qul.

Ramazon onlarini tinch-osoyishta yurtimizda hotirjamlikda, oilamiz va yaqinlarimiz davrasida, to‘kin dasturhon atrofida o‘tkazayotganligimiz Alloh taoloning bizga bergan ne’matidir. Bu ne’matlar uchun Allohga cheksiz shukrlar bo‘lsin. Barchamizga ushbu oyda ko‘plab ajrlarga ega bo‘lishni nasib etsin.

Xadichai Kubro ayol-qizlar bilim

yurti o‘qituvchisi Gaipova Joziba 

 

[1] Ubaydulloh Ibn Mas’ud. “Nuqoya Muxtasari Viqoya”. Movarounnahr,1991.

[2] Najmiddin Muhammad Darkoniy. “Ixtisori rivoya ala Muxtasari Viqoya”. Bayrut-Lubnan: Darul kutub ilmiya.1-jild.

[3]Najmiddin Muhammad Darkoniy. “Ixtisori rivoya ala Muxtasari Viqoya”. Bayrut-Lubnan: Darul kutub ilmiya.1-jild.

[4] O‘sha manba

Ramazon
Boshqa maqolalar
Videolar

"Mahalla yettiligi"ning vazifalari nimalardan iborat?

26.12.2024   11253   1 min.

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.

"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.

Videolavhalar