Saudiya Arabistoni Podshohligi Marokashdagi qadimiy Uqba bin Nafi' masjidi va unga tutash tarixiy shaharni qayta tiklashi orqali poytaxt Aglobid va Afrikadagi Islomning birinchi poytaxtini ham tiklash harakatida.
Hijriy 50-yilda qurilgan Uqba ibn Nafi' masjidi mahalliy musulmon xalqlar hayotida muhim o'rin tutgan. Uning maydoni 9700 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu noyob me'moriy durdona dunyodagi eng nafis islom yodgorliklaridan biridir.
Masjid eng qadimiy minoralardan biri ega bo'lib, balandligi 31,5 metr va u 3 qavatdan iborat. Mutaxassislarining fikricha, masjidda terak yog'ochidan o'yib yasalgan minbar mavjud bo'lib, u hijriy 3-asrga to'g'ri keladi. Shuningdek, masjidning o'ziga xos qadimiy bezaklari hanuzgacha saqlanib qolingan. Masjidning tashqi ko'rinishi uning qalin va baland devorlari tufayli ulkan qal'aga o'xshab ketishidan dalolat beradi.
Bu diqqatga sazovor Uqba bin Nafi' masjidi devorlarida yoriqlar borligi tufayli bino xavfli holatga kelib qolgan. Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning qayta tiklash loyihasi “Qeyrvan” masjidining oldingi jilosi va yorqinligini qayta tiklashga qaratilgan.
Bu loyiha 36 gektardan ortiq maydonni egallagan va 1988 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat bo'yicha "Yunesko" tashkiloti tomonidan Jahon merosi sifatida ro'yxatga olingan qadimiy Qeyrvan shahriga e'tibor qaratishni o'z ichiga oladi.
Saudiya Arabistoni Podshohligining Tunisdagi elchisi doktor Abdulaziz bin Ali as-Saqar Saudiya matbuot agentligiga bergan bayonotida Uqba bin Nafi' masjidini qayta tiklash loyihasi Saudiya va Tunis xalqalari orasini o'zaro bog'lovchi birodarlik munosabatlarining timsoli ekanligini ta'kidladi.
Saudiya Arabistoni hukumatining tarixiy masjid sifatida Islom dinida tutgan o'rnining yuqoriligi tufayli Uqba bin Nafi' masjidini qayta tiklash loyihasi qadimiy masjidlarni ta'mirlashdagi “Nigoh-2030” taraqqiyot loyihasining bir qismi sanaladi.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi
Muloqot davomida kengayib borayotgan hamkorlik holati yuzasidan atroflicha fikr almashilgan. ICESCO tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli tashabbuslar, jumladan 2025 yil Samarqand shahri Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishi ta’kidlandi.
“Islom olami madaniy merosi: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” mavzusidagi anjumanda yuqori darajadagi rasmiylar, jumladan ICESCO tarkibidagi davlatlar madaniyat vazirlari, xalqaro tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etishiga urg‘u berildi.
Shu munosabat bilan ICESCO Bosh direktori doktor Salim bin Muhammad Al-Malik bir yil davomida ICESCO tomonidan respublikamizning tegishli vazirlik, idoralari bilan birgalikda tashkil etiladigan boy, rang-barang dasturlar, tadbirlar tashkil etilishi, tashabbuslar ilgari surilishiga e’tibor qaratdi. Bu sa’y-harakatlar shaharning betakror madaniy-tarixiy merosini ta’kidlash, islom olami sivilizatsiyasidagi yetakchilik rolini yana bir bor tasdiqlashdan iborat.
Muharrama Pirmatova, O‘zA