Bugun, 17 yanvar' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarning murojaat va takliflarini eshitdi.
Mazkur qabul davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarning masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, diniy ta'lim, moddiy yordam, oilaviy masalalar kabi murojaatlari tinglandi, ularning aksariyati ijobiy hal etildi.
Jumladan, rais o'rinbosari murojaat va takliflarni tinglab, ularga maslahat va tavsiyalar berdi. Shuningdek, moddiy yordam so'raganlarga belgilangan tartibda ko'mak ko'rsatildi.
Mana shunday samimiy qabul va g'amxo'rlikdan mamnun bo'lgan fuqarolar O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ko'rsatilgan e'tibordan ko'ngillari shod bo'ldi.
Bu kabi qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.





O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati