Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2026   |   21 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:43
Bismillah
06 Iyul, 2026, 21 Muharram, 1448

“Ehsonlarning afzali ramazon oyida qilinganidir”

30.05.2017   82811   2 min.
“Ehsonlarning afzali ramazon oyida qilinganidir”

Muborak ramazon oyining qutlug‘ kunlarida xayriya tadbirlari o‘tkazish, ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha keng qamrovli faoliyat ko‘rsatish barchamizning oldimizga qo‘ygan maqsadimizdir. Zero, ramazon oyi ro‘za tutish bilan bir qatorda bag‘rikenglik, birdamlik, tinchlik-osoyishtalikka sabab bo‘luvchi mehr-muruvvat oyidir. Bu oyda qilinadigan mehr-muruvvatga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chorlab: “Ehsonlarning afzali ramazon oyida qilinganidir”,  deb marhamat etganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Yana bir hadisi muborakda ramazon oyida qilingan xayr-saxovatlar boshqa oylarda qilingan xayr-saxovatlardan afzalligini bildirib, Ibn Abbos roziyallohu anhu: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam insonlarning saxiysi edilar. Ayniqsa, muborak ramazon oyida, Jabroil alayhissalom bilan uchrashganlarida yana ham saxiy bo‘lib ketar edilar”,  deganlar.

Rivoyatlarning birida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ro‘za oyini “sabr oyi” deb nomlagan bo‘lsalar boshqa bir rivoyatda ramazoni sharif insonning iroda va sabrining yarmi ekanini ta’kidlab: “Ro‘za sabrning yarmidir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Ramazon oyining mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlari har bir insonning qalbidan joy olishi tahsinga loyiq. Shu ma’noda, qalblari taskinga muhtoj, ehtiyoji cheklanganlarga e’tibor qaratishdan ko‘ra a’lo fazilat bo‘lmasa kerak.

Aynan shu ne’matlarga hamohang viloyatimizdagi barcha masjidlarda taroveh va xatmi Qur’onlar boshlab yuborildi. Namozxonlar masjidlarda qorilarning Qur’on o‘qib berishlarini maroq bilan tinglamoqdalar. Qaysi bir masjidga nazar solsangiz muborak ramazon oyi shukuhi davom etmoqda. Ana shu ne’matlar ichida eng ulug‘laridan biri tinchlik va osoyishtalik ne’matidir. Tinchlik va xotirjamlik bo‘lgan yurtda rivojlanish va taraqqiyot bo‘ladi. Ibodatlar tinch va osoyishtalik ila ado etiladi. Farzandlarimizning quvnoq ovozlari jaranglaydi.

Abdulhay TURSUNOV,

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari

Ramazon
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Daraxt yaratganning mo‘jizasi

06.07.2026   1529   1 min.
Daraxt yaratganning mo‘jizasi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘simliklar bir joydan, bir xil ozuqadan oziqlansa ham mevalari turlicha bo‘ladi. Ya’ni, har bir o‘simlik o‘g‘itlardan o‘ziga mos ozuqalarni ajratib oladi. Shuning uchun bir joyda o‘sgan o‘simliklarni ko‘rsangiz birining mevasi shirin bo‘lsa, boshqasiniki nordon bo‘ladi, biriniki katta bo‘lsa, boshqasining mevasi kichkina bo‘ladi. Hatto ranglarida ham turli-tumanlikni ko‘rishimiz mumkin. Bunaqa misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Biroq shu o‘rinda Alloh taoloning Qur’oni karimdagi quyidagi oyati karimasini keltirish ayni muddao bo‘lsa kerak:

﴿وَفِي الْأَرْضِ قِطَعٌ مُتَجَاوِرَاتٌ وَجَنَّاتٌ مِنْ أَعْنَابٍ وَزَرْعٌ وَنَخِيلٌ صِنْوَانٌ وَغَيْرُ صِنْوَانٍ يُسْقَى بِمَاءٍ وَاحِدٍ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَى بَعْضٍ فِي الْأُكُلِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآَيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ﴾

“Va yer yuzida qo‘shni bo‘laklar bor. Shuningdek, uzumlar, bog‘lar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmozorlar bo‘lib, bir xil suv ila sug‘oriladilar va ularning ba’zilarining mevasini boshqasidan afzal qilurmiz. Bunda albatta aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir” (Ra’d surasi, 4-oyat).

Biz yer yuzida yurib ana shuncha mo‘jizalarni ko‘ramiz-u, shunda ham Allohning borligiga qani dalil deb so‘rayveramiz. Ana shunday kimsalar haqida Alloh taoloning quyidagi oyati karimasi bor: “Ularga Robbilarining oyatlaridan biri kelsa yuz o‘girurlar” (An’om surasi, 4-oyat).

Shayx Muhammad Mutavalli Sha’roviy rahimahullohning
"Allohning borligiga aqliy dalillar" kitobidan

Maqolalar