Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2025   |   2 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2025, 2 Zulqa`da, 1446

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori

26.05.2017   2436   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori

 بسم الله الرحمن الرحيم

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha

QARORI

  1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2017 yil (hijriy 1438 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 185 000 (bir yuz sakson besh ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 15 725 000 (o‘n besh million yetti yuz yigirma besh ming) so‘m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya’ni 393 125 (uch yuz to‘qson uch ming bir yuz yigirma besh) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi miqdor ma’qullansin.
  2. Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin.

(Masalan 2017 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 3.000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 6.000 so‘m bo‘ladi).

  1. Bu yilgi Fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12.000 (o‘n ikki ming) so‘m deb belgilansin.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

ulamolar kengashi raisi, muftiy                         

 Usmonxon ALIMOV                                                                                                  

24.05.2017 y.

 

ZAKOT
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi

23.04.2025   3706   1 min.
Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi

Shu yilning 22 aprel kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Marhamat tumanidagi “Obidjon Botirov” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.


Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ngra shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘ziga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdi.


Seminarda notiqlar tomonidan Marhamat tumanidagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.


Shuningdek, tumandagi masjidlarda imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mehnat qilayotgan qator imom-xatiblar viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Tadbir yakunida qozi domla boshchiligida masjid hududiga yaxshi niyatlar ila manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Andijon viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

 

Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi Sayyor seminar xayrli voqealarga boy bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari