Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyun, 2025   |   25 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
21 Iyun, 2025, 25 Zulhijja, 1446

O‘zbekistonlik qorilar tarovih o‘qish uchun Rossiyaga ketdi

26.05.2017   8110   1 min.
O‘zbekistonlik qorilar tarovih  o‘qish uchun Rossiyaga ketdi

Qorilarimizning Ramazon oyi munosabati bilan tarovih  namozlarini o‘qishi uchun qo‘shni respublikalarga yuborilishi o‘ziga xos yaxshi an’anaga aylandi.

Bu yil ham o‘tgan yillarda bo‘lgani kabi, bir qator qorilarimiz joriy yil Ramazon oyida tarovih  namozlarini o‘qib berishlari uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.

Rossiya musulmonlari diniy jamiyati taklifiga binoan, 26 may kuni, erta tongda 6 nafar – Chilonzor tumani Bosh imom-xatibi Abdukarimov Husniddin, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi xodimi Xudoyberdiyev Farrux, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ta’lim bo‘limi xodimi Xaydarov Mirodil, Shayxontohur tumani “Dorus-Salom” masjid noib-imomi Ubaydullayev Islom, Chilonzor tumani “Qatortol” masjidi imom-xatibi Alimov Abror va Yashnobod tumani “Ali ibn Abu Tolib” masjidi noib-imomi Mirsodiqov Nurilla kabi qorilarimiz Moskva shahriga safarbar etildi.

Qorilarimiz muborak oy davomida Rossiya Federatsiyasi shaharlarida musulmonlarga tarovih  namozlarida xatmi Qur’on o‘qib beradilar.

Shuningdek, safar davomida qorilarimiz Rossiya Federatsiyasi shaharlarida tashkil etiladigan diniy marosimlarda ishtirok etishlari kutilyapti. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xalqaro aloqalar bo‘limi     

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Samarqand shahri 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qiladi

16.06.2025   6044   1 min.
Samarqand shahri 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qiladi

Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqelarni yoritishda davom etayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 
 

Xususan, ushbu mamlakatdagi ommabop "Sahm News" elektron nashrida O‘zbekiston 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilishi haqidagi ma’lumotni tarqatdi.

 

"O‘zbekistonning Samarqand shahri 2026 yilgi Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilish uchun tanlandi. Assambleya Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish platformasiga aylanishi kutilmoqda", – deyilgan materialda.

 

Qayd etilishicha, 2026 yilda Samarqand shahrida Global ekologik fondning sakkizinchi yig‘ilishi va Global ekologik fond kengashining yetmish birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Bu qaror AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Kengashning oltmish to‘qqizinchi yig‘ilishida qabul qilindi", deya urg‘ulangan maqolada.

 

Saudiyaning yetakchi "Watan News" nashri esa O‘zbekiston Prezidentining yaqin kelajakda Bryusselga tashrif buyurishi haqida yozdi. "Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Tobgo Klan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumda ma’lum qildi", deya ta’kidlangan manbada.

 

"Bunday tashrif tarixiy voqea hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun noyob imkoniyat yaratadi", – deya Tobgo Klan fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati