Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2025   |   25 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2025, 25 Shavvol, 1446

Ramazon oyi kirishiga ikki kun qoldi

24.05.2017   82918   1 min.
Ramazon oyi kirishiga ikki kun qoldi

Musulmonlar uchun o‘n ikki oyning eng go‘zali bo‘lgan Ramazon oyi qachon kirishi aniq bo‘ldi. O‘tgan hafta bu muborak oyni munosib tarzda o‘tkazish yuzasidan muhtaram Prezidentimizning qarori ham e’lon qilindi.

Millionlab musulmonlar ishtiyoq va sabrsizlik bilan kutayotgan Ramazon har yilgidek farahli bir suratda kirib kelayotir. 

Ilk saharlik va iftor vaqti qachon kiradi?

Mashinada ketayotib Sebzordagi chorrahada qizil chiroqqa to‘xtasangiz, oldingizda Ramazon taqvimi sotib yurgan yigitlar paydo bo‘ladi. Bozorlardagi yer osti yo‘llariga kirish va chiqishda ham taqvim sotayotganlar bilan duchlashasiz. Aslida ana shu ham musulmonlarning bir-biriga moddiy-ma’naviy yordami hisoblanadi. Shunday  vaqtda bir-ikki ehtiyojmand kishilar uch-to‘rt so‘m ishlab qoladi-da. O‘sha taqvimlardan hammamiz bilib olgan bo‘lsak-da, yana bir bor eslab olsak foydadan xoli bo‘lmaydi.

Birinchi saharlik vaqti jumadan shanbaga o‘tar kechasi 03.25; iftor vaqti esa 19.47. Ramazonning eng qisqa vaqti ham shu kun. Keyingi kunlar boshidan oxiriga qarab cho‘zilib boraveradi. 

Taroveh qanday o‘qiladi?

Taroveh juma kuni oqshom boshlab o‘qiladi. Taroveh – xufton va vitrning orasida o‘qiladigan namoz. Tarovehni to‘rt rakatda bir salom bilan o‘qish joiz bo‘lsa-da, ikki rakatda bir namoz bilan o‘qish yanada fazilatlidir.  Namozning har to‘rt rakatida bir oz o‘tirib nafas rostlab olinadi. Shu vaqtda tasbeh aytiladi.

Tarovehni uyda o‘qisa ham bo‘ladi, ammo jamoa bilan bir safda o‘qishning savobi kattadir.

Damin JUMAQUL  tayyorladi.

 

Ramazon
Boshqa maqolalar

U zotning tug‘ilishlari bilan olam rahmatga to‘ldi

23.04.2025   883   3 min.
U zotning tug‘ilishlari bilan olam rahmatga to‘ldi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamni maxluqotlarga rahmat o‘laroq yuborgan kundan afzalroq xursandchilik bormi?!

Kim Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tavalludlari bilan shodlanmasa, aslo shodlik, xursandchilik ko‘rmaydi.

U zotning tug‘ilishlari bilan rahmat buloqlari otilib, olam rahmatga to‘ldi. Shuning uchun ham, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlidlari Alloh taoloning ne’matini nishonlash va bu yuksak inoyatdan xursandchilik bayrami bo‘lgan.

Bu bayramni ushbu ne’matlarning qadrini bilgan, uni bardavom va ziyoda bo‘lishini umid qilgan kishilar nishonlaydi...

Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni bashariyatga qanday sevishni o‘rgatish uchun yuborgan...

Nabiy sollallohu alayhi vasallamga chin muhabbat qo‘yuvchi kishini sunnatga faqat to‘g‘ri ergashayotganini, bid’atchini esa (amali kabi) muhabbati ham nuqsonli ekanini ko‘rasiz.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlidlari bilan mo‘min kishigina quvonadi.

Mo‘minlar ushbu munavvar oyni Habibimiz sollallohu alayhi vasallam mavlidlari munosabati bilan xursandchilikda o‘tkazadilar. Zero, mavlidi sharif oyi xursandchilik qilish, mehr-muhabbat ko‘rsatish, yaxshilik, ehson-sadaqalar qilish oyidir.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamga muhabbat qo‘yuvchi har bir kishi bu oy kelishidan avval tayyorgarlik ko‘rib, oy davomida imkon qadar ulug‘ ne’matga shukronasi, shodligini izhor qilishga intilgan.

Solih kishilar mavlidni nishonlashga moddiy imkon topolmasalar, hech bo‘lmasa bu oy davomida shomdan keyin tong otguncha yo‘lni yoritib turishi uchun chiroqlarini yoqib derazalariga qo‘yib qo‘yar ekanlar.

Onam Alloh rahmat qilsin bobosi shayx Mustafo haqida shunday der edi: "Bobom Rabi’ul avval tashrifidan bir necha oy avval tayyorgarlikni boshlab yuborardi. Aslida bobom davlatmand emasdi, lekin holatini birovga bildirmas, aksincha uning yaxshi amallari, zikr majlisi, mehmondorchiligi sababidan uyimiz barakaga to‘lib ketardi.

Mavlid oyi arafasida jonliq so‘yib, pullarini jamg‘arib qo‘yar, bu oy kirishi bilan bir jarchi qishloq chor atrofida baland ovozda: «Kim yegulikka, kiyim-kechikka ehtiyoji bo‘lsa shayx Mustafoning uyiga borsin!» deb aylanib chiqardi. Qishloqdagi yosh bolalar uning ortidan quvonch bilan chopqillashardi".

Shayx Mustafoning hovlisi bog‘-rog‘lari bor, bezatilgan baland qasr emas, balki loydan qurilgan qishloqdagi oddiy uylardan edi. Chunki bu uy egasi topganini tuproqqa sarflashning o‘rniga to‘g‘ri Alloh taolo yo‘lida ishlatib, foydasi aniq bo‘lgan tijoratni afzal ko‘rar edi.

Kechki payt shayx Mustafoning hovlisida chiroqlar ilinib, odamlar to‘planishib zikr, salavot, madhlar aytilardi.

So‘ngra taom tortilib, boy-kambag‘allar birga xursandchilik qilishardi. Unda barakani ko‘rardingiz. Faqir qalbidan ehson sohibi haqiga Allohdan kengchilik so‘rab duo qilar, sohibi ehson esa, Alloh taologa yaqinlashishiga sabab bo‘ladigan shunday ishga muvaffaq qilgani va buni yanada ziyoda qilishini, hayoti davomida yaxshilikda bardavom etishini so‘rab duo qilardi.

Bu xayrli odat boshqa hamqishloqlarimiz xonadonida ham davom etardi.

Muhammad Xolid Sobitning
«Tarixul ihtifol bi mavlidin Nabiy sollallohu alayhi vasallam»
kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim tayyorladi.