Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Ramazon: ibodatimiz zamiridagi foydalar

19.05.2017   76411   3 min.
Ramazon: ibodatimiz zamiridagi foydalar

Hazrati Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda bunday deyiladi:
“Islom beshta ustun tepasiga bino bo‘lgan: Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga, Muhammad Allohning elchisi ekanligiga guvohlik berish; namozni barpo qilish; zakotni berish; Ramazon ro‘zasini tutish, Baytullohni tavof qilishdir;” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Alloh taolo inson zotini nima amalga buyurgan bo‘lsa, hammasida inson uchun foydalar bor. Ularning har biridan ko‘zlangan maqsad Allohning rizoligini topib uning rahmatiga yetishish ekani barchamizga ma’lum. Ammo Alloh taolo o‘z marhamati bilan ana o‘sha amallarni bajargan insonning jismiga ham foydalar yetkazib qo‘ygan. Yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan, oddiy odamlar ham kuzatib bilish mumkin bo‘lgan xususiyatlarga to‘xtalamiz. Masalan, iymonli odamning yashashdan maqsadi aniq bo‘ladi. Shuning uchun har yerda dovdirab yurib, besamar hayot kechirmaydi. Tahorat olgan kishi pokiza bo‘lgani bois kasallik yuqtiruvchi bakteriyalardan omon bo‘ladi. Tanasini suv yuvib turgani bois qon aylanishi faollashadi. Namoz o‘qish bo‘g‘inlarda tuz yig‘ilishiga qarshilik qiladi, qon aylanishini yaxshilaydi. Zakot berish kishiga o‘zining qilgan ishidan mamnunlik bag‘ishlab kayfiyatini ko‘taradi, yurak kasalliklaridan, xafaqonlikdan asraydi. Hajga borgan odam sayohat ham qiladi.Sayohatning foydali jihati shundaki, bir joyda o‘tiravergan kishining ichiga yillar davomida shumlik, sershubhalik, badgumonlik va shularga o‘xshash illatlar yig‘ilib qoladi. Yo‘l yurgan inson esa, o‘zi sezib-sezmay ana shu illatlardan xalos bo‘lib, yengil tortib qoladi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning safarga chiqish borasida aytgan hadisi shariflarining hikmati ham ana shunda namoyon bo‘ladi.
Ana endi ro‘zaning foydalari haqida tibbiyot mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotlarning xulosalari bilan tanishing:

  • o‘pka;
  • skleroz;
  • tutqanoq;
  • saraton;
  • qand;
  • ekzema;
  • allergiya;
  • bronxial astma;
  • bronxit;
  • bavosil;
  • jigar;
  • ichak;
  • bo‘g‘inlar shishi qaytishiga foyda beradi;
  • yurakning atrofini yog‘ qoplab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi;
  • qon bosimi ortishiga qarshilik qiladi;
  • qon aylanishini faollashtiradi;
  • Qon tomirlari torayishining oldini oladi;
  • Shahvoniy maylni kamaytiradi;
  • To‘qimalarda to‘planib qoladigan zaharli moddalardan tozalashga yordam beradi;
  • Buyrakda tosh paydo bshlishidan saqlaydi;
  • Semizlikka monelik qiladi;
  • Immunitetni ko‘taradi;
  • kamqonlik kasalliklariga qarshi kurashishda foyda beradi.

Bu foydaning bir jihati igloterapiyaga ham o‘xshaydi. Igloterapiyaning mohiyati shunday ekanki, faol ishlab turgan hujayralarni igna bilan harakatdan to‘xtatib qo‘yib, yalqovlanib, o‘lish arafasiga kelib qolgan hujayralarni ishlashga majbur qilish ekan. Ro‘zada ham odam och yurgani bois tanasiga o‘n bir oy davomida yig‘ilib qolgan ortiqcha yog‘lar erib ishlatilib ketar ekan-da, odamning jismi ortiqcha yuklardan qutulib yengillashib qolar, o‘sha yog‘larning ostida o‘limini kutib yotgan bechora hujayralar yana faol ishlab ketar ekan.
Ana bizga Rabbimizning buyuk marhamati!


Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.

Ramazon
Boshqa maqolalar

Fotiha surasi duosi

9.01.2025   2831   1 min.
Fotiha surasi duosi

Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV